BMT butun dunyo bo‘ylab jurnalistlarga hujumlarni to‘xtatishga chaqirdi
Butunjahon matbuot erkinligi kunida Antoniu Guterrish ommaviy axborot vositalari erkinligi demokratiya va adolat asosi sifatida muhimligini eslatdi. Uning ta’kidlashicha, 2022 yilda kamida 67 jurnalist o‘ldirilgan.

Foto: Reuters
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish demokratiya va adolatning asosiy tamoyili sifatida ommaviy axborot vositalari erkinligi muhimligini eslatdi. Erkin jurnalistika “barchamizga o‘z fikrimizni shakllantirishimiz va hokimiyatga haqiqatni aytishimiz kerak bo‘lgan faktlarni beradi”, dedi u 3 may, chorshanba, Jahon matbuot erkinligi kunida.
Matbuot erkinligi hozir butun dunyo bo‘ylab hujum ostida, dedi Guterrish, dezinformatsiya va nafrat ritorikasi esa haqiqat va fantastika, ilmiy dalillar va fitna nazariyalari o‘rtasidagi chegaralarni xiralashtiradi. “Media industriyasining bir necha kishi qo‘lida jamlanishi, o‘nlab mustaqil axborot tashkilotlarining moliyaviy tanazzulga uchrashi va jurnalistik faoliyatni bo‘g‘uvchi milliy qonun va qoidalarning ko‘payishi senzurani yanada kuchaytiradi va so‘z erkinligiga tahdid soladi”, - dedi BMT rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2022 yilda kamida 67 nafar ommaviy axborot vositalari xodimi halok bo‘lgan – bu bir yil avvalgiga nisbatan 50 foizga ko‘pdir. Jurnalistlar o‘z kasbiy burchlarini bajarishga urinib, maqsadli hujumlar qurboni bo‘lishdi, dedi Guterrish. Bundan tashqari, ayol jurnalistlarning deyarli to‘rtdan uch qismi onlayn zo‘ravonlikka duchor bo‘lgan va har to‘rtdan biri jismoniy tahdidlarga duch kelgan. "Do‘q-po‘pisa va hujumlarni to‘xtating. Jurnalistlarni o‘z ishini qilgani uchun hibsga olishni va qamoqqa olishni, yolg‘on va dezinformatsiyani bas qiling", - deya bayonot berdi BMT bosh kotibi.
1993 yil dekabr oyida YuNeSKO taklifi bilan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 3 may Butunjahon matbuot erkinligi kuni deb e’lon qilingan. Shu tariqa, bu yil u 30-marotaba nishonlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eronda internetga kirish cheklab qo‘yildi
Jahon | 22:21
-
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13
-
Boysun o‘rmonida yirik yong‘in, muammoli avtobus bekatlari, vasiy tayinlangan yuzlab bolalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:03
-
AQShda bir necha hafta oldin vafot etgan ayolning farzandi tug‘ildi
Jahon | 21:59
Mavzuga oid

17:10 / 14.06.2025
BMT dunyoda tug‘ilishning kamayishi sabablarini aniqladi

23:21 / 13.06.2025
O‘zbekiston G‘azoda urushni to‘xtatish haqidagi BMT rezolyutsiyasiga qo‘shildi

23:02 / 12.06.2025
Global qochqinlar soni 2011 yildan beri birinchi marta kamaydi – BMT

13:42 / 07.06.2025