Mazkur bitim eksport-import operatsiyalarini qöllab-quvvatlaş mexanizmlarini rivojlantirişga, jumladan özbek va slovak eksportçilariga moliyaviy va suğurta yordamini körsatişga qaratilgan. Hujjat doirasida tomonlar eksport xatarlarini suğurtalaş, qayta suğurtalaş, tajriba va ilğor amaliyotlarni almaşiş sohalarida özaro hamkorlik qiliş, şuningdek xalqaro savdoni rağbatlantirişga xizmat qiladigan yangi suğurta va moliyaviy vositalarni birgalikda işlab çiqiş böyiça kelişib oldilar.
Xodimlarni tayyorlaş va malakasini oşirişga, tahliliy va statistik ma’lumotlar almaşişga, şuningdek, taşqi bozorlarda faoliyat yuritayotgan investorlar manfaatlarini himoya qilişni ta’minlaş böyiça qöşma taşabbuslarni şakllantirişga alohida e’tibor qaratiladi.
Uşbu hujjatning imzolanişi nafaqat Özbekiston va Slovakiya örtasidagi ikki tomonlama munosabatlar uçun, balki Özbekiston iqtisodiyotining Yevropa va jahon ta’minot zanjirlariga yanada kengroq qöşilişi uçun ham muhim strategik ahamiyatga ega. Bu Yevropa mamlakatlarining Markaziy Osiyo mintaqasidagi iştirokini kengaytirişga bölgan qiziqişini va Özbekistonning eksport bozorlarini diversifikatsiya qiliş va investitsiyalarni jalb etişga qaratilgan sa’y-harakatlarini namoyon etadi.
"Özbekinvest" suğurta kompaniyasi respublikamiz eksportni qöllab-quvvatlaş va taşqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantiriş milliy tizimining asosiy elementi sifatida eksport şartnomalarini suğurta qiliş, investitsiya kafolatlari hamda muayyan tarmoq va yönalişlarga mos individual yeçimlarni öz içiga olgan keng xizmatlar doirasini taklif etib kelmoqda.
Xalqaro hamkorlikni doimiy ravişda kengaytirib borgan holda, «Özbekinvest» xalqaro standart va amaliyotlarni faol joriy etmoqda, bu esa öz navbatida, özbek bozorida işlaşdan manfaatdor bölgan eksportçilar, investorlar va moliyaviy institutlar uçun qulay şaroitlar yaratişga xizmat qilmoqda.
EXIMBANKA SR bilan tuzilgan kelişuv «Özbekinvest»ning xalqaro darajada işonçli va malakasi baland hamkor sifatidagi nufuzi tobora oşib borayotganini namoyon etmoqda. Kompaniya özbek korxonalarining xalqaro bozorlarga çiqişiga samarali kömaklaşiş qobiliyatiga ega ekanini yana bir bor isbotladi.
Koll-markaz: (+998) 71−207−60−00, 1160
Sayt | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube
Reklama huquqi asosida











