Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston G‘azoda urushni to‘xtatish haqidagi BMT rezolyutsiyasiga qo‘shildi
Rezolyutsiya 20 dan ortiq davlat tomonidan taklif etilgan bo‘lib, urushda ochlikdan qurol sifatida foydalanishni keskin qoralaydi, gumanitar yordam yetkazishdagi cheklovlarni bekor qilishni talab etadi va tinch aholini xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq himoya qilish zarurligini ta’kidlaydi.
2025 yil 13 iyun kuni BMT Bosh Assambleyasi G‘azo sektorida zudlik bilan, sharsiz va doimiy otashkesim joriy etilishini talab qiluvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Hujjatni 149 davlat, jumladan O‘zbekiston ham qo‘llab-quvvatladi, 12 davlat qarshi chiqdi, 19 davlat betaraf qoldi.
Qarshi chiqqanlar orasida AQSh, Isroil, Vengriya, Argentina va Paragvay kabi davlatlar, betaraf qolganlar qatorida Gurjiston, Hindiston, Ruminiya va Ekvador kabi davlatlar bor.
Rezolyutsiya 20 dan ortiq davlat tomonidan taklif etilgan bo‘lib, urushda ochlikdan qurol sifatida foydalanishni keskin qoralaydi, gumanitar yordam yetkazishdagi cheklovlarni bekor qilishni talab etadi va tinch aholini xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq himoya qilish zarurligini ta’kidlaydi. Hujjatda shuningdek, HAMAS va boshqa guruhlar tomonidan ushlab turilgan barcha garovdagilarni ozod etish talab qilingan.
Ushbu rezolyutsiya AQSh tomonidan BMT Xavfsizlik Kengashida shunga o‘xshash tashabbusni rad etganidan bir necha kun o‘tib qabul qilindi.
Mavzuga oid
11:07 / 10.07.2026
BMT hisobot berdi: davlatlar 2030 yilgacha qo‘yilgan maqsadlarga sekin erishmoqda
11:23 / 08.07.2026
“2030 yilga borib suv tanqisligi 15 mlrd kub metrga yetadi” – suv vaziri Nyu Yorkda
09:56 / 08.07.2026
Hamas G‘azodagi fuqarolik hukumatini tarqatib yubordi
09:02 / 11.06.2026