Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyev osmonida urib tushirilgan Bayraktar va Baxmut atrofidagi jangchilar. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 435-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar
- 4 mayga o‘tar kechasi Rossiyaning kamikadze dronlari Ukrainaga hujum qildi. Ukraina qurolli kuchlari 24 ta drondan 18 tasi urib tushirilganini ma’lum qildi. Odessada uchta uchuvchisiz uchar qurilma o‘quv muassasalaridan birining binosiga kelib urilgan. Jabrlanganlar haqida xabar berilmagan.
- 4 mayga o‘tar kechasi Krasnodar o‘lkasidagi Ilskiy nomidagi neftni qayta ishlash zavodiga va Rostov oblastidagi Novoshaxtinskiy neftni qayta ishlash zavodiga hujum uyushtirgan. Shuningdek Belgorod va Voronej oblastlarida ham dronlarni uchratishgan, ikki dron ham havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilgan. Ukraina tomoni hodisa yuzasidan izoh bermagan.
- Volodimir Zelenskiy Haagadagi Xalqaro jinoiy sudda chiqish qildi. U Rossiya armiyasi «aprel oyining o‘zida 6139 ta harbiy jinoyat sodir etgani, natijada 207 kishi halok bo‘lgani»ni aytdi va «Rossiyani jinoiy tajovuz uchun jazolash — Ukrainaning tarixiy mas’uliyati» ekanini qayd etdi.
- Kiyev ustida ukrainlarning boshqaruvni yo‘qotgan droni urib tushirirldi. Hech kim jabrlanmagan.
Kiyev osmonidagi Bayraktar
4 may kuni kechqurun ukrain harbiylari Kiyev markazida Ukraina qurolli kuchlariga tegishli Bayraktar dronini urib tushirdi. Ukraina QK qo‘mondonligiga ko‘ra, mazkur uchuvchisiz uchar qurilma rejali parvoz vaqtida boshqaruvni yo‘qotgan. «Poytaxt osmonida uchuvchisiz uchar qurilma boshqaruvsiz harakatlanishi noxush oqibatlarga olib kelishi mumkinligi sababli mobil o‘t ochish guruhlaridan foydalanishga qaror qilindi. Nishon yo‘q qilindi! Afsuski, bu texnika va bunday holatlar ro‘y bermoqda. Gap texnik nosozlik haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin, sabablari aniqlanmoqda», — deya aniqlik kiritilgan Ukraina QKda.

Baxmut yaqinidagi ukrain askarlari
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Roman Chop / AP / Scanpix / LETA
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Mavzuga oid
20:26 / 27.05.2026
Zelenskiy Trampga xat yozib, Ukrainani Rossiya raketalaridan himoya qilishni so‘radi
22:22 / 26.05.2026
Kiyevga «Oreshnik» bilan hujum: navbat Zelenskiy ofisigami?
22:01 / 26.05.2026
Ukrainaga yordam beruvchi davlatlar koalitsiyasi ikki barobar qisqargani ma’lum bo‘ldi
20:32 / 25.05.2026