Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat reyestridan chiqarishda taqdim etiladigan hujjatlar soni kamaytiriladi
Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik sub’yektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi hamda moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik sub’yektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Loyiha bilan tadbirkorlik sub’yektlarini davlat reyestridan chiqarishda umumiy tartibni qisman saqlab qolgan holda davlat reyestridan chiqarishni soddalashtirilgan tartibda yo‘lga qo‘yish nazarda tutilmoqda.
Jumladan:
– tadbirkorlik sub’yektlarini ixtiyoriy tartibda davlat reyestridan chiqarish jarayonida taqdim etiladigan hujjatlar soni kamaytirilmoqda;
– soliq xizmati organlarining taqdimnomasiga asosan tijorat tashkilotini harakatsiz holatga o‘tkazish tizimi joriy etilmoqda;
– tijorat tashkilotining muhri, shtamplarini (agar mavjud bo‘lsa), davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani, shuningdek, mavjud bo‘lsa tovar belgisining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani tijorat tashkilotini ro‘yxatdan o‘tkazgan organga topshirtirish choralarini ko‘rish amaliyoti bekor qilinmoqda;
– tugatilgan korxonalar to‘g‘risida “Lisenziya” axborot tizimi orqali litsenziya va ruxsatnomalarni bergan organlarga xabarnoma yuborish tizimi joriy etilmoqda.
Shu maqsadda, Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik sub’yektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi hamda moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik sub’yektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2019 yil 21 avgustdagi 704-son qaroriga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda.
Qayd etilishicha, loyihaning qabul qilinishi tadbirkorlik sub’yektlarini davlat reyestridan chiqarishda taqdim qilinadigan hujjatlarni kamaytirishga, vakolatli organlar o‘rtasida o‘zaro axborot almashinuvini kengaytirishga zamin yaratadi.
Mavzuga oid
10:00 / 13.06.2026
Sud ekspertlarining davlat reyestri yuritiladi
08:39 / 04.06.2026
Insofsiz sug‘urta agentlarining ochiq reyestri yuritiladi
08:36 / 18.02.2026
O‘zbekistonda tan olinadigan akkreditatsiya tashkilotlari reyestri yuritiladi
11:54 / 16.02.2026