Xerson va Zaporijjyada portlashlar sodir bo‘ldi
Zaporijjya va Xersonda tungi portlashlar qayd etildi. Bu haqda Ukraina OAV xabar bermoqda.

Illyustrativ foto
“Suspіlne” nashri Zaporijjyadagi portlash tovushlari haqida xabar tarqatdi. Shahar kengashi kotibi Anatoliy Kurtev shahar aholisini eng yaqin boshpanalarga borishga chaqirdi.
Zaporijjya viloyatida havo trevogasi e’lon qilingan.
12 mayga o‘tar kechasi Xersonda ikkinchi marta portlash ovozlari eshitildi.
Portlashlar haqida birinchi marta "Suspіlne" mahalliy vaqt bilan yarim tundan 20 daqiqa o‘tgach xabar bergan va yarim soatdan keyin u yangi portlashlar haqida ma’lumot tarqatgan.
Ayni paytda, na shaharda, na Xerson viloyatida havo trevogasi e’lon qilinmagan.
8 mayga o‘tar kechasi Rossiya Eronda ishlab chiqarilgan Shahed-136/131 kamikadze-dronlari bilan Kiyev va Odessa viloyatlariga havodan hujum qilgandi.
Ukraina harbiy-havo kuchlari xabarida aytilishicha, Kiyevga hujum qilgan 35 ta UUAning barchasi havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirilgan.
Ukraina harbiylariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari Kiyevga shimoliy yo‘nalishdan – Bryansk viloyatidagi Seshcha aerodromidan hujum qilgan. Ma’muriyat rahbari Sergey Popko so‘zlariga ko‘ra, Kiyevda besh nafar fuqarosi jabrlangan, shaharda avtomobillar va derazalar shikastlangan.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindistonning Jammu aeroportida portlashlar yuz berdi - AFP
Jahon | 00:23
-
Toshkentdan Lohurga uchadigan reyslar bekor qilinadi
O‘zbekiston | 23:40 / 08.05.2025
-
Toshkentning ayrim ko‘chalarida 9 may kuni transport vositalari harakati cheklanadi
Jamiyat | 23:21 / 08.05.2025
-
"Ekkan hosiligacha bozor bahosida hisob-kitob qildik" - Shuhrat Abdurahmonov
O‘zbekiston | 22:49 / 08.05.2025
Mavzuga oid

10:57 / 07.05.2025
Rossiya qo‘shinlari Sumi va Zaporijjyaga hujum qildi

13:22 / 05.05.2025
Rossiya Ukrainani yana o‘qqa tutdi: bir kishi halok bo‘ldi, 10 dan ortiq kishi yaralandi

12:31 / 02.05.2025
Xerson «gubernatori» Ukrainani bozorga hujum qilishda aybladi

11:10 / 02.05.2025