Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga qaratilgan loyihalar uchun tadbirkorlarga davlat granti ajratiladi
Qonunchilikka ko‘ra, Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari tashkil etilishi belgilangan.
Markazlarda bitta ijtimoiy loyiha doirasida 20 nafargacha xotin-qizlarning doimiy bandligini ta’minlash maqsadida bandligi ta’minlanadigan har bir nafar ishsiz xotin-qiz uchun tadbirkorlarga 3 million so‘mgacha davlat granti ajratiladi.
Davlat granti quyidagi toifadagi xotin-qizlarni kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitish, ularning bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga ko‘maklashishga qaratilgan loyihalar uchun ajratiladi:
- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga, shuningdek “Ayollar daftari”ga kiritilgan;
- ishsiz, ayniqsa, qishloq joylarda bola tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan;
- xorijiy mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan;
- nogironligi bo‘lgan mehnatga layoqatli ishsiz;
- norasmiy bandlikni qisqartirish maqsadida kundalik mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib, daromad topayotgan;
- odam savdosidan hamda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, mushkul iqtisodiy ahvolga tushib qolgan;
- umumiy o‘rta va professional ta’lim muassasalarini tugatgan, OTMga o‘qishga kira olmagan yoki oliy ta’limda o‘qish uchun imkoniyati bo‘lmagan ishsiz xotin-qizlar;
- muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilgan, profilaktik ro‘yxatga olingan, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelgan xotin-qizlar.
Mavzuga oid
10:31 / 31.05.2026
“Erkinlikdan ko‘ra tartib ustun bo‘lgan”: MIT PhD dasturiga 100 foizlik grant yutgan Munisa Jumanova hikoyasi
10:20 / 13.04.2026
Oliy ta’limda chet elliklar uchun yangi grant dasturi ishga tushiriladi
10:00 / 08.03.2026
Talaba ayollarga imkoniyat, korrupsion litsenziya va kambag‘allik chegarasi - hafta dayjesti
12:16 / 07.03.2026