“Öz qizimning qotiliga aylanişim mumkin edi” – puşaymon ota hikoyasi
|16:07 / 13.05.202341 67910 min
“Öçir ovozingni, kelin bölganidan keyin çidaydi-da”, dedim. Yetti yil kutişdi, farzand bölmadi. Qizimni yuki bilan yiğiştirib taşlab ketişdi. Mahalla-köy, oşna-oğayni içida boşimni kötarolmay qoldim. Qizi qaytib kelibdi, degan söz men uçun katta isnod edi. Kunda içib kelib qizimni oldimga turğizib qöyib urişardim”
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
Ota-onalar farzandining hayotiga ham özini javobgar his qiladi. Ular uçun neki qaror qabul qilişsa, foydasini öylaşadi. Lekin ba’zida farzandidan ham fikr söraş kerakligi, uning mustaqil va alohida şaxsligi yodlaridan kötariladi. Har doim ham ota-onaning qarori farzand uçun xayrli bölmasligi mumkin. Bugungi qahramonimiz onasining qaroridan jabr körgan, biroq bundan töğri xulosa çiqarmay, özi ham xuddi şunday xatoni takrorlagan. Xatoning oqibati esa fojia bilan tugaşi mumkin edi. Xijolat bölib gap boşlagan Şokir aka (ismi özgartirilgan) hayotini şunday hikoya qilib berdi:
“Oilada katta farzand edim. Onam orzu-havasni yaxşi köradigan, latta-puttaga öç ayol edi (yer borib aytmasin). Özimizdan ança boy, uzoqroq qarindoşligi bor oilaning qizini kelin qildi. Kelinning sepi uyimizni töldirdi.
Öşa vaqtda yangi çiqqan nima bölsa, uyimizda hammasidan topiş mumkin edi. Mebel deysizmi, gilam deysizmi, xullas, men, kuyov bölmiş haqida gapirmay qöya qolay, hatto ota-onam, uka-singillarimga ham boşdan-oyoq sarpo qilişdi.
Bunday dabdabaning sababini çimildiqda bildim. Kelin “aldangan” ekan. Közimga dunyolar tor körinib ketdi. Jöralarim orasida kerilib yuradigan, gapini bermaydigan bolaman. Kimdandir qolgan qizni umr yöldoş qilişni özimga or bildim.
Çimildiqdan dodlab çiqdim. Quriting, men bir kun ham xotin qilmayman buni, dedim. Onam nima gapligini bilganidan söng ham meni tinçlantirişga urindi. Şunça mol-dunyo axir, beçora ham nima qilsin, aldangan-da, esingni yiğ. Meni şarmanda qilma, deb turib oldi.
Mol-dunyo mening hayotimdanam ustun ekani yuragimni battar örtab yubordi. Uydan boş olib çiqib ketmoqçi ham böldim. Lekin ota-onam, aniqroği onamning çizgan çiziğidan çiqmay katta bölgan edim. Öz sözimni ötkazolmadim.
Kelinning otasi dökon mudiri edi. Yangi mustaqillik davrlari — dökon mudirlari “quturib” ketgan vaqtlar. Meni ham işga joylab qöymoqçi böldi. Xotinimning oldiga kirmasdim, yuziga qaramasdim. Otasi taklif qilgan işni ham rad etdim. Kunlarim azobda ötardi.
Içadigan odat çiqardim. Uyda ham nima qiladi, deb onam kelinini işga çiqarib yubordi. Asta-sekin taqdirimga köna boşladim. Boşqa ilojim ham yöq edi. Bu ham bir sinovdir, deb onamning kunda aytadigan gaplari ta’sir qildimi, unga rahmim kela boşladi.
Çimildiqdagi sirni içimga yutib yaşayverdim. Bu orada xotinim homilador böldi. Mazasi qoçib şifoxonaga tuşdi. Yuk maşinasida quriliş mollari taşlardim. Kun böyi işda bölib, keçqurun uni körgani şifoxonaga borardim.
Mavzuga oid
Bir kuni aytilgan yuk kelmay qolib, işimiz ertaroq tugadi. Şifoxonaga har doimgidan ança erta bordim. Şundoq şifoxonaning orqa hovlisida xotinim işlaydigan dökon oldida turadigan maşinaga közim tuşdi. Içimda ğaşlik sezib, maşinaga yaqin keldim.
Negadir içimda bir narsa maşinaning içiga qaraşga undardi. Unga yaqinlaşgan edim hamki xotinim maşinaning içidan öqdek otilib çiqdi. Toşdek qotdim. Nima qilişni, nima deyişni bilmasdim. Maşinaning egasi mingga qöyib haydab ketdi. Men söppayib turib qoldim.
Heç narsaga holim qolmagan, xotinimga nisbatan könglimda uyğonayotgan nimadirlar çilparçin bölgan, unga imkon berganim, keçirganim, işonganim uçun özimni keçirolmasdim.
Bularni eslaş, bu gaplarni gapirişning özi — men uçun ölim.
Bu safar onam heç narsa deyolmadi. Ajraşdik. Kelinning sepini yiğiştirib ketişdi. Onamning közini quvnatgan öşa narsalar na menga, na ularning özlariga baxt berdi.
Yoşi mendan bir-ikki yoş katta, xalq tilida aytganda “ötirib qolgan” qizga uylandim. Uni ham onam topdi. Özimizdek örtamiyona hayot keçirişar, sepi ham dabdabali emasdi. Ammo men bu safar uylaniş nima ekanini, halovat qanday bölişini his qildim.
Erkak kişi uçun ayolining köz oçib körgani bölişdan ortiqroq baxt yöq ekan aslida. Rözğorimizga baraka kirdi. Birin-ketin farzandli böldik. Qizlarimni yaxşi körsam-da, birinçi xotindan kuyganim uçun ularning tarbiyasiga qattiq turardim.
Nimadir bölişidan qörqardim. Köçaga çiqişi, maktabga borib-kelişi hammasi nazoratim ostida bölgan. Katta qizim maktabni tamomlab öqişga kirmoqçiligini aytdi. “Qiz bolaga nima bor öqib, şahar olib berarmiding, uyda ötir”, deb ruxsat bermadim.
Ança közga yaqin bölgani uçun aldanib qolişidan, kimdir boşini aylantirişidan qörqdim. Darvozamni taqillatib kelgan birinçi sovçilarga rozilik berib yubordim. Heç esimdan çiqmaydi, qizim onasiga “öqimoqçi edim, hali yoş bölsam, dadam bunça şoşdilar”, deb yiğlab gapirgan gaplarini eşik ortidan turib eşitib qoldim. Qattiqqölligim sabab özimga heç narsa deyolmadi.
Töy bölib ötdi. Boşida hammasi yaxşi edi. Farzandli bölişavermagaç qaynonasi tönini teskari kiydi. Qizim ham iç-etini yerdi. Garçi menga aytmasa-da, buni közlari aytib turardi. Lekin öşa vaqtda qizimning közlaridagini uqişga qodir emas edim.
Heç yuzimga tik qaramagan ayolim bir kun “yorildi”: “Siz şoşdingiz. Hali bola edi. Öqitsak, hunarli qilsak bölardi. Kun böyi qaynonasining qoş-qovoğiga qarab ötirişning özi böladimi? Işlaganda özi ham çalğirdi.
Körinmagan doktorlari qolmadi, xudodan-da bu yoği. Qudangiz ham tuşunmaydigan ekan. Beçora qizimni ezaveradi. Ket, öğlimga tuğadigan xotin olib beraman, deb kun bermayapti ekan”, dedi.
“Öçir ovozingni, kelin bölganidan keyin çidaydi-da”, dedim. Yetti yil kutişdi, farzand bölmadi. Qizimni yuki bilan yiğiştirib taşlab ketişdi. Ança asabiy bölib qolgan, sal narsaga yiğlayveradi.
Mahalla-köy, oşna-oğayni içida boşimni kötarolmay qoldim. Qizi qaytib kelibdi, degan söz men uçun katta isnod edi. Kunda içib kelib qizimni oldimga turğizib qöyib urişardim. Uni aybi nima? Şunday bölsin debdimi, degan öy xayolimga ham kelmasdi.
Şunday qilib qizim şifoxonaga tuşib qoldi. Köp siqiliş natijasi, deyişibdi şifokorlar. Qizim oyoqqa turib, uyga qaytdi. Uni davolagan şifokor yigit sovçi bölib keldi. Qizimni yoqtirib qolganini, rozi bölsam baxtli qilişini aytdi.
Çekkaroq tumandan bölgan bu yigit öqişi sabab uylanmagan ekan. Hali gul yigit ekansiz öğlim. Qizimning yöriği boşqa, dedim. Yigit qarori qat’iyligini, uni baxtli qilişini aytib söz berdi. Şunday qilib uni yana uzatdim. Yelkamdan toğ ağdarilgandek böldi.
Töy yigitning qişloğida böldi. Bir muddatdan söng kuyov qizimizni onasiga xizmat qiliş uçun qoldirib, özi işiga qaytganini eşitdik. Yarim yillardan söng quda tomondan qizingiz öz joniga qasd qildi, şifoxonada yotibdi, olib ketinglar, degan xabar keldi.
Ma’lum bölişiça, kuyovning singlisi qizimizga sen akamning tengi emassan, deb kun bermas ekan. U qilgan ovqatni yeyişmas ekan. Sening qölingdan ovqat yemaymiz, sen faqat itlarga ovqat qilişga loyiqsan, deb kuçuk-muşuklariga ovqat qildirtirar ekan.
Kuyov ham mardlik qilib olganiga yaraşa oldida turib bermabdi. Iş bahona haftada bir uyga borib kelib yuraveribdi. Uyga qaytsa otasining, ya’ni mening holimni biladi. Nima qilişini bilmay dori içibdi.
Öz uyiga ham, erining uyiga ham siğmagan qizim narigi dunyoga ketişga qaror qilibdi. Jonlantiriş bölimida uzoq yotdi. Na kuyov, na uning uydagilari xabar oldi.
Qizimga nisbatan adolatsizlik qilganim, har ikkala turmuşiga uzatişda ham undan bir oğiz köngil söramaganim, öqişiga ruxsat bermaganligim — aybim şunda ham közimga körinmagandi.
Ayolimning aççiq ustida aytgan gaplari közlarimni oçdi. “Johiliyat davrida qiz farzandlarni tiriklayin kömişgan ekan. Siz undan ham battar qildingiz. Bolaligidan izmingizdan çiqmay ösdi. Nima desangiz qildi. Kasbli bölişiga, öqişiga yöl qöymadangiz, tezroq erga berişga şoşildingiz.
Men sizdan ötib heç narsa qila olmadim. Birovga qaram böladigan qilib uzatvordingiz. Agar qizimizning jamiyatda öz örni bölganida edi, har ikkala oilasida ham bunçalik xor bölmasdi. Uyga qaytib kelganida ham kun bermadingiz. Özi istab yoki havasga qaytib kelgani yöq edi. Sizdan qörqqanidan ham öşa xonadonda yetti yil çidab yaşagandi.
Agar qizimga bir nima bölsa...” yana nimalardir dedi xotinim. Biroq boşqa gapi quloğimga kirmadi. Qizimning ham odam ekanligi, uning ham istaklari borligi, uni yöqotib qöyişim mumkinligini şunda his qildim...
Ilk bor qizimdan keçirim söradim. Peşonasidan öpdim. Yillar, taqdir sinovlari meni qançalar bağritoş qilib qöygan ekan. Hozir yana bağrimizda. Öqişga kirişga tayyorgarlik köryapti. Öylaganimdek heç kim meni qöli bilan bigiz qilib körsatmayapti. Davralarda uyaltirmayapti.
Aksinça, yaxşi qilibsizlar olib kelib, ölib qolmaganiga şukur qiling, deyişyapti. Sal qolsa qizimning ölimiga sababçi bölardim. Uning qotiliga aylanardim, deb öylayman ba’zida. Uni tuşunib qöllamaganim, kerak vaqtida dalda böla olmaganim sabab öz joniga qasd qilişga majbur bölgan”, deya közidagi yoşini artib hikoyasini yakunladi Şokir aka.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi