Kimdir bizga muvaffaqiyat formulasini sovğa qilişini kutadigan bölsak, heç narsaga erişmaymiz (hayotiy masallar)
|19:56 / 05.09.201816 4458 min
Foto: Unsplash
Töqilgan qöğirçoqlar
Er-xotin birgalikda ellik yil umr keçirişdi. Ularning bir-birlaridan yaşirgan heç qanday sirlari yöq edi, faqatgina ayol bir qutida nimadir saqlar va eriga heç qaçon uni körsatmasdi. Er bu qutini unutib ham yuborgandi. Ayol bir kuni kasalxonaga tuşib qoldi. U umri tugab borayotganini sezdi va eridan öşa qutini oçişni söradi. Er qutini oçdi va közlariga işonmadi. Uning içida ikki dona töqilgan qöğirçoq va yuz ming dollardan ortiq pul bor edi. Er kasalxonaga borib xotinidan quti içidagilar qayerdan kelib qolganini söradi.
— Töyimiz kuni buvim mustahkam nikohning siri janjallaşmasdan yaşay olişda degandi. Har safar sizdan jahlim çiqqanida men ip olib qöğirçoq töqirdim, - dedi ayol.
Erning qalbi larzaga keldi. Qutida ikki donagina qöğirçoq bor edi. Demak, şunça yil davomida ayoli faqat ikki martagina undan jahli çiqqan. U turmuş örtoğini asta öpdi va pullar qaydan kelganini söradi.
— Bu pullar şunça yildan buyon töqigan qöğirçoqlarimning puli, - deb javob berdi ayol.
Sehrli köprik
Dehqon öğli bilan yölda ketayotgan edi. Öğil otasiga nimadir haqida gapirib berar va uning gapi yolğon edi. Dehqon öğlining yolğon gapirayotganini bildi va dedi:
- Öğlim, hozir oldimizda köprik keladi. U oddiy emas, sehrli köprik – yolğon gapirgan odam uning ustidan ötayotganida köprik sinib ketadi.
Öğil bu gapni eşitib qörqib ketdi va yolğon gapirganini tan oldi.
Ota-öğil köprikka yetib kelişdi va uning ustidan ötişayotganidan köprik birdan sinib ketdi.
- Men senga yolğon gapirgandim, - dedi dehqon öğliga. – Sehrli köpriklar bölmaydi.
Ba'zida öylamay gapirgan gapimiz kutilmagan oqibatlarga olib kelişi mumkin.
Foto: Unsplash
Vaqtning qadriga yet
Mavzuga oid
Bir biznesmen million-million dollar pul töpladi. U endi işlaşni bas qilib, bir yil dunyo kezib, hordiq çiqarmoqçi böldi. Ammo bu qarorga kelib ulgurmasidan uning oldida ajal fariştasi paydo böldi.
U fariştadan ozgina vaqt söradi:
- Menga uç kun yaşaşimga imkon ber – boyligimning uçdan bir qismini beraman.
Farişta könmadi.
- Xöp, unda, ikki... yöq, uç million beraman! Menga gözalliklardan bahra oliş va işni deb ançadan buyon birga bölmagan oilam bilan böliş uçun bir kun vaqt ber.
Ammo farişta qarorida qat'iy edi.
Şunda biznesmen öğliga xat yoziş uçun bir daqiqa vaqt söradi. Farişta unga imkon berdi.
«Vaqtning qadriga yet, öğlim, - deb yozdi kişi. – Men umrim davomida töplagan millionlarimga hattoki bir soat ham vaqtni sotib ololmadim».
Befoyda saboq
Bir kuni örta maktablardan biriga öqituvçilarning darsga tayyorgarlik darajasini tekşiriş uçun ta'lim vazirligidan nazoratçi keldi. U duç kelgan birinçi sinfxonaga kirdi va ğaroyib manzaraga duç keldi: öqituvçi ayol stolga boşini tiragança ötirar, körinişi horğin, bolalar esa özlari bilan özlari ovora, kimdir çopgan, kimdir şovqin solgan, xullas tartibsizlik hukmron edi.
– Keçirasiz, men nazoratçiman, biror muammo yuz berdimi?– söradi nazoratçi.
– Çarçadim, janob, bu bolalarni nima qilişni ham bilmay qoldim. Na bir körgazmali qurol bor, na vazirlik bolalarga darsda namoyiş etişimiz uçun biror narsa beradi... Menda ularni darsga qiziqtiradigan heç narsa yöq...
Nazoratçi öqituvçi stoli ustida yoğoç qopqoqni körib qoldi. U qopqoqni qöliga olib bolalarga yaxşi körinişi uçun baland kötardi va sinfga murojaat qildi:
– Bu nima?
– Qopqoq! – deb javob berdi barça bolalar jör bölib.
– Yaxşi, u nimadan yasalgan?
– Yoğoçdan! Ularni maxsus maşinada yasaşadi, – turli javoblar yangradi.
– Yoğoçdan yana nimalar yasaladi? – söradi nazoratçi.
– Stul, stol, kema.
– Yaxşi! Mana, kemalik ham böldik. Kim kema rasmini çiza oladi? Kim doskaga çiqib xarita çizib, biz turgan joydan kemaga eng yaqin portni körsata oladi? Yana qanday port va daryolarni bilasizlar? Bu daryolar qaysi mamlakatlarda joylaşgan? Balki öşa mamlakatlardagi maşhur qöşiqçi yoki şoirlarni tanirsizlar?
Nazoratçi bir vaqtning özida geografiya, tarix, musiqa, adabiyotdan dars bera boşladi. Öqituvçi turgan joyida qotib qolgandi. Nihoyat dars tugaganini anglatuvçi qönğiroq çalinganidagina ayol öziga keldi:
– Katta rahmat, janob nazoratçi. Siz menga bergan bu saboqni bir umr unutmayman.
Oradan bir oz vaqt ötdi. Nazoratçi öşa maktabga yana keldi va yana öşa öqituvçining darsiga kirdi. Va yana öşa manzaraga duç keldi: ayol horğin körinişda, stol ustida boşini egib nimanidir qidirardi. Öquvçilar yugurib yurişar, şovqin solişardi...
– Sizga nima böldi? Meni eslayapsizmi?
– Ha, janob, albatta eslayman, sizni unutib bölarkanmi. Kelganingiz yaxşi böldi! Qarang, men qopqoqni topa olmayapman! Qayerga ğoyib böldiykin?
Xulosa: Agar kimdir kelib bizga muvaffaqiyat formulasini sovğa qilişini kutadigan bölsak, heç narsaga erişmaymiz. Özimiz harakat qilişimiz, tasavvurimiz, ongimizni işga solişimiz darkor. Oldimizda turgan vazifani faqat özimizgina bajara olamiz.
Foto: Unsplash
Xudoga işonmaydigan sartaroş
Bir sartaroş mijozning soçini olarkan, Xudo haqida gap boşladi:
— Agar Xudo bölsa, şunça kasal odamlar qayerdan kelgan? Ota-onasiz bolalar, adolatsiz uruşlar qayerdan? Agar U bölganida edi, heç qanday qayğu va oğriqlar bölmasdi.
Barçani sevadigan Xudo şunday işlarga yöl qöyişiga işoniş qiyin. Şuning uçun şaxsan men Uning mavjudligiga işonmayman.
Şunda mijoz sartaroşga dedi:
— Bilasizmi, dunyoda sartaroşlar yöq.
— Qanaqasiga? — hayron böldi sartaroş. — Ulardan biri qarşingizda turibdi.
— Yöq! — xitob qildi mijoz. — Sartaroşlar mavjud emas, aks holda hov anavi kişiga öxşagan soç-soqoli ösib ketgan odamlar bölmasdi.
— Axir gap sartaroşlarda emas-ku! Şunçaki ular sartaroşga borişmaydi.
— Hamma gap ana şunda! — dedi mijoz. — Xudo bor. Faqat odamlar Unga intilişmaydi. Şuning uçun dunyoda qayğu va oğriqlar ham bor.
Yaxşi hukumat qanday böladi
Bir kuni şogirdlardan biri Konfutsiydan söradi:
– Yaxşi hukumatning asosiy belgilari qanday böladi?
– Yegulik, qurol va xalqning işonçi, – javob berdi Konfutsiy.
– Tasavvur qilaylik, ulardan biridan voz keçiş kerak bölsa, nimadan voz keçardingiz?
– Quroldan.
– Yana biridan voz keçiş kerak bölsa-çi?
– Yegulikdan.
– Lekin yeguliksiz xalq öladi!
– Azal-azaldan ölim inson taqdiriga bitilgan. Ammo öz hukumatiga işonçi yöqolgan xalqning kelajagi yöq.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi