
Buloçka
Er-xotin birgalikda öttiz yil yaşaşdi. Turmuş qurganliklarining 30 yilligi kuni xotin odatdagidek buloçka pişirdi – u har kuni ertalab buloçka pişirar, bu an'anaga aylanib qolgandi. Nonuşta payti u buloçkani örtasidan bölar, har ikki tomoniga moy surtar va eriga yumşoqqina deb tepa qismini berardi. Ammo bu safar unday qilmadi...
«Bugun buloçkaning tepa qismini özim yemoqçiman: buni 30 yildan beri orzu qilaman. Şunça yil unga vafodor xotin böldim, öğillar tuğib katta qildim, uyni supurib-sidirdim, oilamiz uçun kuçim va soğligimni ayamadim», öyladi u.
U şu qarorga kelib eriga buloçkaning pastki qattiq qismini uzatdi, qöli esa hayajondan qaltirardi – 30 yillik an'ana buzilayotgandi! Er esa ayoli uzatgan buloçkani olarkan, dedi:
— Bugun menga ajoyib sovğa berding, azizam! Öttiz yildan beri men buloçkaning özim yoqtirgan pastki qismini yeyişni orzu qilardim, ammo sen pastki qismini yeyişni yoqtirganing uçun söray olmasdim.
Loçin
Bir kuni qirolga loçin bolasini sovğa qilişdi. Qirolning quşboqari uni katta qildi, ammo heç uçişga örgatolmadi. Loçin polaponligida ötirgan daraxt şoxini tark etişni aslo xohlamasdi.
Quşboqar qirolga loçin ustidan arz qilib, uni aslo uçişga örgatolmayotganini, hattoki yemişni ham quş ötirgan şoxga qöyişga majbur bölayotganini aytdi.
Qirol jarçi orqali loçinni uçişga majbur qiladigan odam topişni e'lon qildi va ertalab quş boğ ustida parvoz qilib yurganini kördi.
– Bu mö'jizaning muallifini oldimga keltiringlar! – dedi qirol.
Uning oldiga oddiy dehqonni olib kelişdi.
– Uni uçişga qanday majbur qilding? Sehrgarmisan?– söradi qirol.
Dehqon qirolni xursand qila olganidan şod edi:
– Bu qiyin bölmadi, zoti oliylari. Men şunçaki loçin ötirgan şoxni arralab taşladim va u qanotlari borligini tuşunib uça boşladi.
Xulosa: ayrim odamlar ham ana şu loçinga öxşaydi. Ular qanotlari borligini anglab yetmay daraxt şoxida ötiraverişadi. Hayot ayrimlar ötirgan şoxni sindiradi va şundagina ular uça olişlarini tuşunişadi. Ayrimlarning hamma narsasi borligi uçun ötirgan joylarini yöqotişdan qörqib uçişni istaşmaydi. Balki hayotimizda heç bölmasa bir bor parvoz qilişimiz uçun kimdir biz ötirgan şoxni arralaşi kerakdir? Ba'zan boşida yomondek tuyulgan voqea ham parvoz qilişimiz uçun imkoniyat taqdim etişi mumkin.












