Vengriya YeIning Rossiyaga qarshi 11-sanksiya paketini bloklash bilan tahdid qildi
Budapesht Vengriya OTP Bank Ukrainaning "urush xalqaro homiylari" ro‘yxatiga kiritilgani sababli YeIning Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarini bloklashi mumkin, deya ogohlantirdi Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto.
Vengriya Ukraina korrupsiyaning oldini olish milliy agentligi OTP Bank'ni "urush xalqaro homiylari" ro‘yxatiga kiritgani sababli, Rossiyaga qarshi YeI sanksiyalarini bloklashi mumkin. Bu haqda 12 may, juma kuni YeI tashqi ishlar vazirlarining Shvetsiyada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto ma’lum qildi.
“Aniq aytish kerakki, Ukraina OTP Bank'ni xalqaro urush homiylari ro‘yxatida saqlab turgan bir paytda, har qanday yangi yechimni qo‘llab-quvvatlash biz uchun juda qiyin”, — deb yozdi Siyyarto Facebook’da.
Budapesht ushbu bankning ro‘yxatga kiritilganini “janjalli” pretsedent deb hisoblaydi. Siyyarto so‘zlariga ko‘ra, OTP Bank hech qanday qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ymagan. Vengriyalik diplomat moliya instituti faoliyati xalqaro talablar va qonunchilikka mos kelishiga ishontirdi. "Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishida OTP Bank ushbu Ukraina ro‘yxatida bo‘lgan bir paytda, 11-sanksiyalar paketi bo‘yicha muzokaralarni boshlash biz uchun juda qiyinligini aniq aytdim. Biz ukrainaliklardan OTP'ni ro‘yxatdan olib tashlashni talab qilamiz", - deb ta’kidladi Siyyarto.
Vengriya OTP Bank haqidagi qaror 4 may kuni Milliy agentlik tomonidan e’lon qilindi. Bunga bank rahbariyatining Rossiyadagi faoliyatini davom ettirish to‘g‘risidagi qarori hamda o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Luhansk “xalq respublikalari”ning amalda tan olinishi sabab bo‘ldi, deyiladi agentlik xabarida. Unga ko‘ra, OTP Rossiyaning 50 ta eng yirik banklaridan biri bo‘lib, bir qator sohalarda bozor yetakchilari qatoriga kiradi. Rossiya Federatsiyasida u 2,2 milliondan ortiq mijozlarga xizmat ko‘rsatadi.
“OAVda ma’lum bo‘lishicha, bank Rossiya harbiylariga kredit berish uchun imtiyozli shartlarni ham taqdim etadi”, — deyiladi izohda. O‘z ishida moliya instituti, xususan, Rossiya Federatsiyasining 2022 yil 7 oktyabrdagi qonuniga tayangan, aslida "LXR" va "DXR"ni tan olgan, deyiladi ma’lumotda. OTP Bank Ukraina Milliy agentligi tomonidan "urush xalqaro homiylari" ro‘yxatiga kiritilgan 24-kompaniyadir.
Mavzuga oid
16:16 / 08.11.2024
Taxtiqoracha dovonida tosh bosib qolganlarning ikki nafari vengriyalik bo‘lgan
11:29 / 06.11.2024
Ukrainaga yordam: YeI AQSh saylovlari natijalarini kutmoqda
10:08 / 06.11.2024
YeIdagi yonuvchi posilkalar: Litvada gumondorlar ushlandi
12:30 / 05.11.2024