20 may kuni bir qator Ğarb davlatlari uşbu holat yuzasidan Isroil elçilarini çaqirtirdi. Italiya, Fransiya, Kanada, Niderlandiya, Belgiya va Portugaliya Isroil elçilarini taşqi işlar idorasiga çaqirgan bölsa, Ispaniya Isroilning Madridda elçisi bölmagani sababli vaqtinça işonçli vakilni çaqirtirdi.
Ben-Gvir X ijtimoiy tarmoğida joylagan videoda Isroil harbiy-dengiz kuçlari tomonidan töxtatilgan “Sumud” flotiliyasi faollari Aşdod portida tiz çökkan, qöllari orqaga boğlangan va boşlari pastga qaratilgan holda tasvirlangan. Vazir esa ular orasida Isroil bayroğini kötarib yurib, ivrit tilida: “Isroilga xuş kelibsizlar, bu yerda biz xöjayinmiz”, deya baqirgan.
Post ostida Ben-Gvir uşbu şaxslarni “terrorizm tarafdorlari” deb atagan.
Polşa taşqi işlar vaziri Radoslav Sikorskiy faollarga nisbatan munosabatni keskin tanqid qildi. Uning aytişiça, uşlanganlar orasida Polşa fuqarolari ham bölgan bölişi mumkin. “Jinoyat sodir etmagan Polşa fuqarolariga bunday munosabat qilib bölmaydi. Demokratik dunyoda uşlanganlarni tahqirlaş qabul qilinmaydi”, — deb yozdi u X tarmoğida.
Yevropa Ittifoqi taşqi siyosat xizmati vakili Anuar El-Anuni uşbu munosabatni “butunlay qabul qilib bölmaydigan holat” deb atadi. Uning ta’kidlaşiça, har bir uşlangan şaxsning xavfsizligi va qadr-qimmati ta’minlanişi hamda xalqaro huquq normalariga rioya qilinişi şart.
YeI taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Kaya Kallas ham faollarga munosabatni “kamsituvçi va mutlaqo qabul qilib bölmaydigan holat” deb baholadi. U Ben-Gvirning harakatlari demokratik davlat mansabdoriga munosib emasligini ta’kidladi.
AQŞning Isroildagi elçisi Mayk Xakabi flotiliya iştirokçilarining harakatini “ahmoqona aksiya” deb atagan bölsa-da, Ben-Gvir “öz millatining qadr-qimmatini yerga urgani”ni bildirdi.
Germaniya taşqi işlar vaziri Yoxann Vadeful ham Isroil vazirining harakatlarini “mutlaqo qabul qilib bölmaydigan” deb baholadi. Uning sözlariga köra, bu Germaniya Isroil bilan birgalikda himoya qilişga intilayotgan qadriyatlarga ziddir.
Isroil içida ham mazkur video tanqidlarga sabab böldi. Mamlakat taşqi işlar vaziri Gideon Saar Ben-Gvirni “davlatga zarar yetkazgan şarmandali şou” uyuştirişda aybladi.
Boş vazir Binyamin Netanyahu esa Isroil Ğazo sektoriga yönalgan “provokatsion flotiliyalar”ni töxtatiş huquqiga ega ekanini ta’kidladi. Şu bilan birga, u Ben-Gvirning faollarga munosabati “Isroil qadriyatlariga mos kelmasligi”ni bildirdi.









