Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi
16-18 may kunlari Samarqandda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Boshqaruvchilar kengashining «Iqtisodiy chidamlilik va barqarorlikka investitsiyalar kiritish» mavzusidagi 32-yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
O‘zbekiston tomonidan ushbu tadbirni o‘tkazish uchun ariza 2019 yilda berilgan va 2022 yilda tasdiqlangan. Tadbirda 73 davlatdan 2000 dan ortiq mehmonlar, jumladan, xorijiy hukumatlar vakillari, transmilliy korporatsiyalar, xalqaro moliya institutlari va banklari rahbarlari, iqtisodiyot, investitsiyalar, moliya va texnologiyalar sohasidagi ekspertlar, shuningdek, yetakchi xorijiy OAV vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Iqtisodiyot barqarorligiga investitsiyalar kiritish masalalari tadbirning asosiy mavzusi bo‘ladi. Yig‘ilish davomida Bankka a’zo mamlakatlar duch kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish mavzulariga bag‘ishlangan panel munozaralari o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.
Tadbir shuningdek, YeTTBga o‘tgan yil davomida erishgan yutuqlarini tahlil qilish va rejalar tuzish imkoniyatini beradi. Yig‘ilish asosiy tadbirlaridan biri «O‘zbekistonning investitsiyaviy istiqbollari to‘g‘risida»gi sessiya bo‘ladi. Unda mamlakat iqtisodiyotining kutilayotgan o‘sish sur’atlari va investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlari muhokama qilinadi.
Tadbirning uch kunlik kun tartibidan ekspertlar ishtirokidagi turli mavzularda, jumladan, mintaqalar va alohida mamlakatlarga bag‘ishlangan bir qator panel munozaralari ham o‘rin olgan.
Ular qatoridan:
• xalqaro savdo munosabatlari;
• energiya xavfsizligi, qayta tiklanadigan energiya manbalari;
• kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi ahamiyati;
• rivojlanayotgan bozorlarda raqamlashtirish jarayonlari;
• YeTTB «Yashil shaharlar» dasturi;
• YeTTBning «Mintaqaviy iqtisodiy istiqbollar» mavzusidagi asosiy makroiqtisodiy tadqiqoti va boshqalar o‘rin olgan.
Yig‘ilish davomida xalqaro ishbilarmon doiralar vakillari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tadi. Unda makroiqtisodiy vaziyat, qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirishda xususiy sektor va davlatning roli, hududlararo aloqalar, iqtisodiy integratsiya, oziq-ovqat xavfsizligi, raqamlashtirish va boshqa masalalar yuzasidan ekspert muhokamalari o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026