Jahon | 15:52 / 15.05.2023
24168
6 daqiqa o‘qiladi

Ukraina bo‘ylab navbatdagi zarbalar va Baxmut atrofidagi yaradorlar. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 445-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Volodimir Zelenskiy 14 may kuni Germaniya va Fransiyaga tashrif buyurdi. 15 may kuni ukrainlar yetakchisi Londonga bordi va Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak bilan uchrashdi.
  • The Washinghton Post maxfiylashtirilgan hujjatlarga tayanib, Ukraina prezidenti «Drujba» neft tashish quvurini portlatish va RF hududidagi aholi yashash manzillarini egallab olish imkoniyatini muhokama qilgani haqida yozdi. Zelenskiy buni «shunchaki fantastika» deb atadi.
  • «Katta yettilik» va Yevroittifoq Rossiya gazi quvurlar orqali Polsha va Germaniyaga olib kelishiga taqiq qo‘yishni rejalashtirmoqda. Rossiya bu yo‘nalishlarda tashuvni 2022 yilda to‘xtatib qo‘ygan, ammo bu hali rasman taqiqlanmagan.
  • RF mudofaa vazirligi Donetsk oblastining Baxmut shahri atrofidagi janglarda ikki polkovnigi halok bo‘lgani haqida e’lon qildi.
  • Ukraina QK havo kuchlari rasmiysi Yuriy Ignat Bryansk oblastida RF mudofaa vazirligi vertolyotlari va samolyotlari halokatga uchrashi «Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari ishi» ekanini aytdi. Keyin aniqlik kiritib, bu hazil bo‘lganini aytdi. «Vagner» XHK asoschisi Yevgeniy Prigojin ham halokatga Rossiya havo hujumidan mudofaa kuchlari aloqadorligiga ishora qildi.
  • Volodimir Zelenskiy Germaniyada Buyuk Karl mukofotini topshirish marosimi vaqtida Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskaya bilan uchrashdi va ular qo‘l siqib ko‘rishishdi.
  • Norvegiyaning The Barens Observer nashri yozishicha, Rossiya Shvetsiya va Finlandiya chegarasidagi Kola yarimoroliga strategik bombardimonchilarini joylashtirgan.

Ukraina shaharlari o‘qqa tutilishi

Ukraina QK bosh shtabi ma’lumotiga ko‘ra, 14 may kuni Rossiya qo‘shini Ukraina aholi yashash manzillari bo‘ylab 11 ta raketa zarbalari, shuningdek, 41 ta aviatsiya zarbasi yo‘llagan. Raketa zarbalari Xarkiv, Ternopil va Konstantinovka bo‘ylab yo‘llangan. Rossiya harbiylari Ukraina QK pozitsiyalari va aholi yashash punktlariga baravar o‘t ochish reaktiv tizimlaridan 74 bor o‘t ochgan. Otishmalar oqibatida tinch aholi vakillari jabrlangan, xususiy uylar va boshqa fuqarolik infrutazilmalari vayron bo‘lgan yoki shikastlangan.  

Ternopilda o‘t o‘chiruvchilar rossiyaliklar raketasi parchalari kelib tushishi oqibatida yong‘in chiqan omborxona hududida ishlamoqda. IIVga ko‘ra, shahar bo‘ylab zarba oqibatida ikki kishi jarohat olgan
Ukraina FVDX / Reuters / Scanpix / LETA
«Ukraina temiryo‘llari» ishchilari tungi zarbalardan keyin «Xarkiv-Passajirskiy» stansiyasi atrofidagi yo‘lni tozalashmoqda. «Xarkiv Times» xabariga ko‘ra, raketa portlashi oqibatida uchta yo‘l va aloqa tarmog‘ining bir necha o‘n metrlik qismi shikastlangan. Qo‘shni uylarning derazalari to‘kilib tushgan.
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Shahar tipidagi Zolochev posyolkasi (Xarkiv oblasti) aholisi rossiyaliklar zarbalaridan vayron bo‘lgan bino oldida. Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, ikkita raketa turar joylar orasidagi hovliga kelib tushgan: jabrlanganlar yo‘q, binolarning oynalari sinib ketgan, shuningdek, ikkita garaj vayron bo‘lgan.
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA

Ukraina qurolli kuchlarining Baxmut atrofidagi dala hospitali

 

Shiddatli janglar davom etayotgan Baxmut atrofidagi tibbiyot punktiga keltirilgan yarador ukrain harbiysi
Iryna Rybakova / AP / Scanpix / LETA

 

Iryna Rybakova / AP / Scanpix / LETA
Iryna Rybakova / AP / Scanpix / LETA

Kiyevda urush faxriylari uchun turnir

Ukrainalik 29 yoshli harbiy xizmatchi Mixaylo Drobotenko urush faxriylari uchun tashkil etilgan sport musobaqasida ishtirok etmoqda. Turnirda jami 60 dan ortiq kishi qatnashmoqda. Drobotenko Severodonetsk atrofida mina portlashi oqibatida yaralangan.
Roman Pilipey / Getty Images
Roman Pilipey / Getty Images

Volodimir Zelenskiyning Germaniyaga tashrifi

14 may kuni Volodimir Zelenskiy Germaniyaga tashrif buyurdi. Fotoda — Aahen shahri (Shimoliy Reyn — Vestfaliya federal yeri) markazidagi vaziyatni kuzatayotgan mergan, Berlinda GFR prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer va kansler Olaf Shols bilan uchrashuvlaridan keyin Ukraina prezidenti shu yerga keldi.
Federico Gambarini / dpa / Scanpix / LETA
Germaniya kansleri Olaf Shols Berlinda Volodimir Zelenskiyni faxriy qorovul safi bilan qarshilamoqda
Wolfgang Kumm / dpa / Scanpix / LETA
Zelenskiy va Shols Ukraina QK harbiy xizmatchilari tayyorgarlikdan o‘tayotgan Aahendagi harbiy bazada. Ukraina prezidenti va nemislar kansleri Ukrainaga yetkazib berilayotgan harbiy texnikalar namunalari bilan tanishishdi. Shuningdek, Zelenskiy ukrainalik harbiylarga «Mardlik» uchun ordenlarini topshirdi. O‘tgan haftada Germaniya hukumati Ukrainaga qiymati qariyb uch milliard yevrolik havo hujumidan mudofaa tizimlari, tanklar va dronlar yetkazib berilishini e’lon qilgandi
Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Zelenskiy Aahenda Buyuk Karl nomidagi mukofotni qabul qilmoqda — bu mukofot Yevropani birlashtirishga qo‘shgan hissasi uchun beriladi. Taqdirlash marosimi kuni Ukraina prezidenti belarus muxolifatining quvg‘indagi yetakchisi Svetlana Tixanovskaya bilan ilk bor uchrashdi — ular bir-biri bilan qo‘l siqib ko‘rishishdi
imago images / Scanpix / LETA
Азиз Қаршиев
Muallif Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid