O‘zbekiston | 08:55 / 19.05.2023
10473
2 daqiqa o‘qiladi

Fermer xo‘jaliklariga ishchilari uchun to‘langan daromad solig‘i qaytarib beriladi

Foto: AP

2023 yil 1 apreldan 2024 yil 1 mayga qadar eksperiment tariqasida paxta yoki g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga ularning ishchilarining mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari bo‘yicha to‘langan daromad solig‘i bir vaqtning o‘zida qator shartlarga rioya qilinganda qaytarib beriladi.

Ular quyidagicha:

  • har bir gektar yer uchun oyiga kamida bir nafar ishchining band bo‘lishi;
  • har bir nafar ishchi uchun oyiga mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromad mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining bir baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanganda;
  • fermer xo‘jaligi o‘tgan yil yakuni bo‘yicha Soliq kodeksining 57-moddasi talablariga javob berganda.

2023 yil 1 apreldan boshlab tadbirkorlik sub’yektlari yangi qurilgan ko‘p qavatli ishlab chiqarish binolari, shu jumladan, 2023 yil 1 yanvardan keyin foydalanishga topshirilgan binolar yuzasidan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha hisoblangan summani:

  • 3 qavatli binoga – 0,9;
  • 4 qavatli binoga – 0,8; 
  • 5 qavatli binoga – 0,7; 
  • 6 qavatli binoga – 0,6, 

7 va undan yuqori qavatli binoga – 0,5 pasaytiruvchi koeffitsiyentni qo‘llagan holda, bino foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 3 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘laydi. 

Bunda, ushbu bandda belgilangan pasaytiruvchi koeffitsiyent:

  • mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan yordamchi xonalar bilan birga, agar ularning maydoni yangi qurilgan ko‘p qavatli ishlab chiqarish binosining umumiy maydonining 20 foizidan oshmagan bo‘lsa;
  • ishlab chiqarish maqsadlarida bino bir nechta xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan birgalikda foydalanilayotgan bo‘lsa, bunday binoning har bir mulkdori tomonidan qo‘llanadi.

Mavzuga oid