Markaziy Osiyo - Xitoy yetakchi “aql markazlari”ning birgalikdagi faoliyati yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy yetakchi “aql markazlari”ning birgalikdagi faoliyati yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Xitoy” sammitida tegishli taklif bilan chiqdi.
“Biz bugungi yig‘ilish kun tartibidagi masalalarni va Sian deklaratsiyasining asosiy bandlarini qo‘llab-quvvatlaymiz. Bugun ilgari surilayotgan tashabbus va takliflar albatta amalga oshiriladi, deb ishonaman.
Shu ma’noda, mintaqaviy hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha samarali sheriklik mexanizmlarini shakllantirish muhimligi haqidagi fikrlarga to‘liq qo‘shilaman. Bu o‘rinda so‘z, birinchi navbatda, savdo, investitsiyalar, transport, gumanitar aloqalar haqida bormoqda.
Shu bilan birga, kelgusi o‘n yilliklarga mo‘ljallangan ko‘p qirrali hamkorlikning uzoq muddatli kun tartibini, istiqbol uchun reja va vazifalarni ishlab chiqish prinsipial jihatdan muhim, deb hisoblayman”, dedi prezident.
Qayd etilishicha, mamlakatlarda yetakchi “aql markazlari”ning birgalikdagi faoliyatini yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratish talab etiladi. Tahlil institutlari, olim va mutaxassislar strategik yondashuvlar, kompleks tavsiya va qarorlar, mintaqaviy va global miqyosda tub burilish yasaydigan loyihalarni ishlab chiqishi lozim.
“Kelgusi yil Samarqandda milliy strategiyalarni uyg‘unlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi Xalqaro ekspertlar konferensiyasini o‘tkazishga va munozara maydonini taqdim etishga tayyormiz”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
20:47 / 12.11.2024
“Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz” - Shavkat Mirziyoyev
20:26 / 12.11.2024
Mirziyoyev: Yevropaga “yashil” energiya yetkazish bo‘yicha ko‘p tomonlama bitim imzolaymiz
18:44 / 12.11.2024
Xitoyda avtomobil odamlar ustiga bostirib borishi oqibatida 35 kishi halok bo‘ldi
17:29 / 12.11.2024