«NKVDçilar eşiklarimizni tepib sindirib kirişdi va zudlik bilan jönaşimizni buyurişdi» – qrimtatar deportatsiyasiga 79 yil böldi
|21:08 / 19.05.202329 18918 min
1944 yil may oyi. Qrimga bir neça ön ming NKVD xodimlari taşlanadi. Ular tong saharda xonadonlarga bostirib kirib qrimtatarlarga zudlik bilan yölga otlanişni buyurişadi. Jönaş uçun juda qisqa vaqt berişadi, odamlar faqat kiyim-keçaklarni olişga ulguradi. Keyin 200 mingdan oşiq qariyalar, ayollar va yoş bolalardan iborat qrimtatarlarni yuk vagonlariga ortib Özbekistonga olib kelişadi. Yölda oğir şaroitda ularning bir qismi halok böladi.
Har yil 18 may kuni butun dunyodagi qrimtatarlar mudhiş sana — qrimtatar xalqining deportatsiyasini yodga olişadi. Qöyida sovetlar tomonidan bu jafokaş xalq boşiga solingan oğir kunlarni eslab ötamiz
Usmonli turklar va Çor Rossiyasi örtasidagi uruşdan söng, 1774 yilda imzolangan Kiçik Qaynarja şartnomasidan köp ötmay, 1783 yilda Qrim xonligini Rossiya işğol etadi.
Şundan söng Qrim tatarlari uçun oğir va maşaqqatli kunlar boşlanadi va ön minglab qrimtatarlar Usmonlilar davlatining turli mintaqalariga köçib ötişga majbur bölişadi.
Rossiya tepasiga bolşeviklar kelgandan söng Yekaterina II davrida qrimtatarlarga qarşi boşlangan zulm va genotsid siyosati yana davom ettirildi. Bu millat boşiga yana oğir kunlar tuşadi va ular öz vatanidan quvğin qilinadi.
Avvalboşdanoq zöravonlik ustiga qurilgan SSSRda Iosif Stalin hukmronlik qilgan 1922-1953 yillarda nohaq ayblovlar bilan millionlab insonlar öz uylaridan badarğa qilinadi, qamaladi, öldiriladi.
Stalin va uning eng yaqin yordamçisi bölgan NKVD rahbari Lavrentiy Beriya öz vatanida yaşab turgan bir qança millatlarni sotqinlikda ayblab, boşqa joylarga quvğin qiladi.
Jumladan:
Qoraçoy ASSRda (avtonom respublika) yaşovçi qoraçoylar 1943 yil 12 oktyabrda;
Qalmiqiya ASSRda yaşovçi qalmiqlar 1943 yil 27 dekabrda;
Çeçen-inguş ASSRda yaşovçi çeçenlar va inguşlar 1944 yil 29 yanvarda;
Bolqor ASSRda yaşovçi bolqorlar 1944 yil 24 fevralda;
Qrim ASSRda yaşovçi qrim-tatarlar 1944 yil 18 mayda quvğin qilinadi.
Mustabid tuzum tomonidan qrimtatarlar, çeçenlar, inguşlar, qalmiqlar, bolqorlar nemislarga josuslik qilişda ayblangan bölsa, mesxeti turklar, kurdlar va xemşinlilar Turkiya foydasiga josuslikda ayblangan.
Aynan qrim-tatarlar va mesxeti turklaridan yaşab turgan yerlarini olib qöyiş uçun ular mislsiz azobga mubtalo qilingan. Qrimtatarlar Qrimdan quvilgaç, u yerga köplab ruslar köçirib olib borilgan.
Stalin vafotidan söng turli millatlarning quvğin qilinişi xato va jinoyat bölgani tan olinadi. Ularga vatanlariga qaytişga ruxsat beriladi. Faqat qrimtatarlar va mesxeti turklarga uylariga qaytişga ruxsat berilmaydi. Faqat 1989 yilga kelib qrimtatarlarga Qrimga qaytişga izn beriladi.
Mavzuga oid
Foto: 24tv.ua
Qrimtatarlarning deportatsiya qilinişi
Qrimtatarlarni öz vatanidan quviş rejasi ilk bor 1944 yil aprel oyida sovet armiyasi nemislarni yarimoroldan quvib çiqargan paytda tuğilgandi. Öşa yili 22 aprelda Lavrentiy Beriya Stalinga yozgan hisobotida nemislarga qarşi janglarda qrimtatarlar jang maydonini taşlab qoçganini, boşqalari nemislar tomonida turib urişganini ma’lum qiladi.
Aslida bu gaplar mutlaqo yolğon bölib, öşa paytda qrimtatar yigitlarilarning barçasi frontda sovet armiyasi va partizanlar tomonida turib nemislarga qarşi jang qilar, yarimorolda faqat keksa yoşdagilar, ayollar va bolalar qolgan edi.
1944 yil 10 may kuni Beriya Stalinga xat kiritadi. Xatda «qrimtatarlar sovet xalqiga xiyonat qilgani, şu bois ularni kelgusida sovet ittifoqining çegara hududlarda qoldirib bölmasligi» yozilgandi.
Oradan bir kun ötib, 1944 yil 11 may kuni Davlat mudofaa qömitasining «Qrimtatarlari haqida»gi maxfiy qarori qabul qilinadi. Unga köra Qrimda yaşovçi qrimtatar xalqi zudlik bilan yarimoroldan Örta Osiyoga, Özbekistonga deportatsiya qilinişi lozim edi.
Qrimtatarlarni deportatsiya qiliş 1944 yil, 18 may kuni tong payti soat 3:00 boşlanadi. Qrim böylab NKVDning 32 ming xodimi harakat boşlaydi. Ular butun Qrim böylab aholi xonadonlarga bostirib kiradi va qrimtatarlarga zudlik bilan jönaş lozimligini aytadi.
NKVD xodimlari qrimtatarlarning eşiklarini tepib kirişadi va ularga jönaş uçun bor-yöği 5 daqiqa vaqt berilişini, ular özlari bilan faqat ust-boş va yölda işlatiş uçun idiş olişlari mumkinligini aytişadi. Jönaş uçun juda qisqa vaqt berilgani uçun odamlar hatto kiyim-keçaklarini töliq olişga ulgurmaydi.
Öşanda NKVD xodimlari uxlab yotgan qrimtatarlarni uyğotib, Davlat mudofaa qömitasining qarorini öqib berişganda ular karaxt holga tuşişadi.
Qarorga köra, Qrim yarimorolida yaşovçi qrimtatar millatiga mansub aholi bor-yöği ikki yarim sutka içida, 18 may, tong soat 3:00 dan, 20 may, keçki 16:00 gaça uylarini böşatib çiqib ketişi kerak edi.
Deportatsiya paytida yoş bola bölgan Ayriya Bagişeva öşa dahşatli kunni şunday eslagandi:
«Sovet qöşinlari kelib nemislarni quvganda biz özimiznikilar keldi deb xursand bölganmiz. Ammo 1944 yil 18 may kuni sahar payti kimlardir eşigimizni tepib, sindirib, uyimizga kirdi. Qarasak, sovet armiyasi formasidagi odamlar ekan. Biz nemislar özimiznikilarning formasini kiyib, qaytib keldi, deb öyladik. Ular «tez jönanglar, sizlarni köçiramiz», deb baqira boşladi. Birozdan keyin Stalin biz qrimtatarlarni uyimizdan, Qrimdan surgun qiliş haqida qaror qabul qilgani ma’lum böldi. Eşigimizni sindirib uyimizga kirganlar sovet harbiylari kiyimidagi nemislar emas, NKVDçilar ekan. Öşanda bizni qisqa muddatda yuk vagonlariga tiqib, noma’lum tarafga jönatib yuborişdi. Yuk vagonlarida tiqilib, ustma-ust bölib ketar ekanmiz, kimlardir köz öngimizda turli sabablar bilan vafot etar, bekatlarga yetib borgunça issiqda sasiy boşlagan ölik bilan yonma-yon ketar edik. Bekatlarda öliklarni tuşirib olib qolişar edi. Hamma burnini römol bilan boğlab olgan, ammo vagondagi sassiq hidga baribir toqat qilib bölmas edi. Yölda vafot etganlarning aksariyati keksalar va gödak bolalar edi».
Öşanda ayrimlar NKVD xodimlarining buyruqlarini bajarmasligini aytadi. Bundaylar öşa zahoti otib taşlangan. Şuningdek, qoçmoqçi bölganlar tutib olinib, keyinçalik GULag qamoqxona lagerlariga jönatilgan.
Asosan qariyalar, ayollar va bolalardan iborat 200 mingdan oşiq qrimtatarlar 250 ta yuk maşinasiga joylanadi va temiryöl tomon olib ketiladi. Söng ularni yuk vagonlariga (!) joylaşadi va noma’lum tomonga qarab olib ketişadi.
Foto: alamy.com
Yuk vagonlarida şaroit juda yomon bölib, vagon eşigi yopilganda u yerda nafas oliş juda qiyin bölgan. Buning ustiga hojatga çiqadigan joy ham vagonning özida joylaşgani uçun badböy hidga çidab bölmagan.
Yölda keksa yoşdagilar, yoş bolalar va kasallar oğir şaroitda vafot etgan. Har kun ertalab qöriqçi askarlar öliklarni yiğiştirib olgan, ungaça mayitlar odamlar orasida turgan.
Keyinçalik deportatsiyani öz boşidan ötkazgan qrimtatarlardan biri şunday eslagandi:
«Ertalab bizni qöriqlab ketayotgan askarlar baland ovozda «Öliklar bormi?» deb qiçqiradi. Odamlar vafot etgan yaqinlarining jasadlarini quçoqlab yiğlar, ularni askarlarga bergisi kelmasdi. Biroq öliklarni dafn etişga ruxsat yöq edi. Askarlar jasadlarni tortib olar, yoşi kattalarni eşikdan, yoş bolalarni derazadan taşqariga otardi. Içimlik suvi berilmas, odamlar yöllarda kölmak suvlaridan zaxira qilib olişardi. Şu sababli tif, bezgak va qötir kasalligi tarqaldi. Hamma bitlab ketdi. Şu asnoda uzoq yöl bosdik».
Qrimtatarlar poyezdda Özbekistonga yetkazilgandan söng 1944 yil 4 iyul kuni Beriya Stalinga bajarilgan işlar haqida hisobot beradi. Unda Qrimdan 183 155 nafar odam çiqarilgani ma’lum qilingandi.
Şundan söng Qrimga Rossiyaning turli hududlaridan ruslar köçirila boşlanadi. Ma’lumotlarga köra 1944 yilda özida Qrimga 50 mingdan oşiq ruslar köçiriladi.
Borganlar qrimtatarlardan qolgan hovlilarga joylaşib, ulardan qolgan narsalarga egalik qilişadi. Şu tariqa, deportatsiyadan söng Qrimda bironta ham qrimtatar qolmaydi.
Köp ötmay, 1944 yil oxirida sovet ittifoqi hukumati tomonidan çiqarilgan qaror bilan Qrimdagi barça joy nomlari rusçaga özgartiriladi.
Beriyaning hisobotida Toşkentga yetib kelgunça qrimtatarlardan 191 nafar odam ölgani aytilgan. Biroq Stalin vafotidan keyin oşkor bölgan hujjatlarga köra, Beriya ölganlarning sonini yaşirgani, belgilangan manzilga yetib borgunça qrimtatarlardan ön mingga yaqini halok bölgani oydinlaşadi. Boşqa manbalarda esa ölganlar soni undan ham köp bölganini aytişgan.
Deportatsiya guvohi bölganlar keyinçalik odam köp ölişiga yetarli darajada ovqat berilmagani, tibbiy xizmat körsatilmagani va odamlarning iflos suvni iste’mol qilgani sabab bölganini ma’lum qilişgan.
NKVD hisobotlariga köra Qrimdan 193 865 nafar qrimtatar deportatsiya qilingan. (Demak Beriya Stalinga yozgan hisobotida ularning sonini qariyb 11 ming nafarga kam körsatgan).
Ulardan 151 136 nafari Özbekistonga, 8597 nafari Mari ASSRga, 4 286 nafari Qozoğistonga joylaştirilgan. Bundan taşqari, işga yaroqli bölgan 10 555 nafari Perm, 6 743 nafari Kemerovo, 5 095 nafari Gorkiy, 3 594 nafari Sverdlov, 2 800 nafari Ivanovo, 1 095 nafari Yaroslav viloyatlaridagi turli korxonalarga joylaştirilgan.
Biroq keyinçalik Qrimdan Beriya va NKVD hisobotlarida körsatilgandan köproq odam quvğin qilingani ma’lum böladi.
Foto: alamy.com
Özbekistonga keltirilgan qrimtatarlarning asosiy qismi Toşkent va Samarqand viloyatlariga joylaştirilgan. Qolganlari Andijon, Qaşqadaryo va boşqa viloyatlarga taqsim qilingan.
«Stalin qrimtatarlarni sotqinga çiqarib, vatanimizdan quvib çiqargan bölsa-da, qardoş özbeklar bizni ança hamdardlik bilan, iliq kutib olişdi. Özlari ham oğir kunlarni ötkazayotganiga qaramasdan sönggi burda nonlarini biz bilan bölişişdi. Uylaridan joy berişdi. Agar öşanda bizni Özbekistonga emas, Rossiyaning kimsasiz sovuq hududlariga olib borib taşlaşganida qrimtatarlar millat sifatida butunlay yöq bölib ketardi», degan edi öşa oğir kunlarning guvohi bölganlardan biri.
Özbekistonda qrimtatarlarning asosiy qismi kolxozlarda işlagan. Yana bir qismi turli qurilişlarda mehnat qilgan. Ularga eng qiyin işlar topşirilgan.
Arxiv ma’lumotlarida keltirilişiça, 1946-1947-yillarda Özbekistonda oğir şaroitda yaşagan qrimtatarlardan qariyb 20 ming nafari halok bölgan
Biroq boşqa manbalarda 1944-1947-yillar oraliğida Özbekistonga joylaştirilgan qrimtatarlarning 40 foizidan oşiqroği halok bölgani yozilgan.
«Uzoq yurib bir bekatlardan birida töxtadik. Bizni öşa yerda tuşirib baraklarga yoki qarovsiz uylarga joylaşdi. Keyin bilsak, bizni Toşkent viloyati Çirçiq şahri yaqinidagi sovxozga olib kelişgan ekan. Köp ötmay onam vafot etdi va men singillarim bilan yolğiz qoldim. Köp ötmay bizni bolalar uyiga topşirib yuborişdi. Ulğayganimdan söng Angrendagi konda işlay boşladim. Oila qurdim, farzandli böldim. 1980-yillar oxirida Qrimga qaytişimizga ruxsat berişdi. Özbekistonni ölgunimça bizga bergan mehri uçun unuta olmasam kerak. Farzandlarim öşa yerda tuğilgani uçun özlarini hanuzgaça özbekistonlik deb biladi. Ular Qrimda tuğilgan nabiralarimga Özbekiston ikkinçi vatanimiz ekanini, özbeklarni qayerda körişsa ham, har qanday holatda ularga hurmat körsatişni, yordam beriş lozimligini ta’kidlaydi», deydi hodisa guvohi bölgan Ayriya Bagişeva.
Foto: aif.ru
SSSR ministrlar sovetining 1947 yil 21 noyabrdagi qarori va SSSR oliy soveti prezidiumining 1948 yil 26 noyabrdagi buyruği bilan qrimtatarlar va boşqa deportatsiya qilingan millatlar uçun juda qattiq tartib joriy qilinadi.
Jumladan, ular özi yaşab turgan joydan boşqa istalgan tumanga bormoqçi bölsa faqat yaqin qarindoşining çaqiruvi bilan bunga ruxsat berilgan. Aks holda çiqiş mumkin bölmagan.
Mabodo kimdir bu taqiqqa böysunmasa avvaliga ma’muriy qamoq jazosiga tortilgan. Qoidani takror buzganlarga esa jinoyat işi qözğatilib, 20 yilgaça qamoq jazosi berilgan.
1953 yilda Stalin vafot etadi. Köp ötmay uning davrida nohaq qamalganlar ozod qilinadi. Qatağonlarni sodir etişda qatnaşganlar mahkamalarga tortiladi. Eng birinçi Beriya qölga olinib, sud hukmi bilan otib taşlandi.
Şundan söng Mikoyan boşçiligida maxsus komissiya tuziladi va deportatsiya qilingan millatlarni vatanlariga qaytariş masalasi körib çiqiladi. Öşanda quvğin qilingan millatlarga vatanlariga qaytişga ruxsat beriladi, biroq ular orasida qrimtatarlar va mesxeti turklar yöq edi.
Bu ikki millat vakillari deportatsiya qilingan joyidan çiqib, SSSRning özi xohlagan burçagida borib yaşaşi mumkin edi. Biroq vatanga qaytişga ruxsat berilmaydi.
Keyinçalik Anastas Mikoyan öz esdaliklarida nega qrimtatarlarga öz vataniga qaytişiga ruxsat berilmagani haqida şunday yozgandi:
«Öşanda nega Qrimtatar avtonom respublikasi qayta tuzilmadi? Qrimtatarlarga öz uylariga qaytişga ruxsat berilmadi. Gap şundaki, qrimtatarlar yarimoroldan quvib çiqarilgandan söng ularning uylari boşqalar tomonidan egallab olingandi. Agar qrimtatarlarga uylariga qaytişga ruxsat berilsa bu iş millatlararo nizo keltirib çiqarişi aniq edi. Şu sababli qrimtatarlarga Qrimga qaytişga ruxsat berilmadi».
Şu tariqa qrimtatarlar öz uylariga qaytişdan mosuvo bölişadi. Şundan söng ularning asosiy qismi Özbekistonda yaşab qoladi. Qolganlari esa SSSRning boşqa hududlari böylab tarqalib ketişadi.
Foto: milli-firka.org
Qrimga qaytiş
1985 yilda SSSRga Mixail Gorbaçyov rahbar bölgandan söng keng miqyosda islohotlar ötkaza boşlaydi. Sovet qöşinlarining Afğonistondan çiqarilişi, SSSRda diniy erkinlik berilişi va boşqa yana bir qator işlar bilan birga 1989 yilda qrimtatarlarga Qrimga qaytişga ruxsat beriladi.
1989 yil 28 noyabr kuni SSSR oliy soveti qrimtatarlar masalasida qaror qabul qiladi. Uşub qarorda 1944 yilda qrimtatarlar nohaq ayblangani aytilgan, deportatsiya xato va jinoyat bölgani tan olingan, ularning tarixiy vatanlariga qaytişga ruxsat berilgan edi.
Şundan söng Özbekistondagi qrimtatarlar yoppasiga Qrimga köçib keta boşlaydi. Ketişni xohlamaganlar şu yerda qolişadi.
Şuningdek, qarorda Ukraina SSSR tarkibida Qrimtatar avtonom respublikasi taşkil etiş belgilangan edi.
Qrimga qaytib borgan qrimtatarlar bilan ruslar örtasida mojaro kelib çiqmasligi uçun yarimorolga qaytganlarga uy tiklaş uçun yer va bepul quriliş aşyolari beriladi.
Ma’lumotlarga köra, SSSR parçalanib ketgunça Qrimga 150 ming nafardan oşiq qrimtatar qaytib boradi. Bu jarayon SSSR parçalanib ketgandan söng ham davom etadi.
1991 yil 26 aprelda RSFSRda (SSSRda Rossiya federatsiyasi şunday qisqartma bilan atalgan) «Qatağon qilingan xalqlar haqida»gi qonun qabul qilinadi. Mazkur qonunda Stalin boşqaruvi davrida turli millatlarning deportatsiya qilinişi ularga nisbatan sodir etilgan genotsid deb tan olingandi.
Foto: hromadske.ua
Har yil 18 may kuni Qrim yarimoroli böylab öşa oğir va maş’um kunni, uning qurbonlarini xotirlaş kuni bölib ötadi. Qrimtatarlar öşa maş’um kunlar guvohi bölgan keksa yoşdagi insonlarni yöqlaydi, qatağon munosabati bilan barpo etilgan xotira majmualariga boradi. Ötganlar ruhiga Qur’on tilovati qilinadi. Şuningdek, bunday tadbirlar Rossiya va Ukrainada yaşovçi qrimtatarlar tomonidan ham ötkaziladi.
Qrimning Rossiya tomonidan egallab olinişi va ta’qiblar
2014 yilda boşlangan Rossiya-Ukraina mojarosi ortidan öşa yili Rossiya xalqaro normalarga zid ravişda Qrimni anneksiya qildi. Şundan söng bu yerda yaşovçi qrimtatarlar yana turli muammolarga duç kela boşlaşdi.
Rossiya kuçişlatar tizimlari tomonidan qrimtatarlar orasida ehtimoliy xavf sifatida körilganlar noqonuniy tarzda ta’qib qilindi, qölga tuşganlari qamaldi. Qrimtatarlaridan çiqqan taniqli şaxslarning aksariyatini yarimorolga kirişi taqiqlab qöyildi.
Jumladan, qrimtatar xalqining rahbari Mustafo Abduljamil Qirim öğliga va qrimtatarlarning irodasini ifodalovçi Qrimtatar milliy majlisi (KTMM) raisi Refat Çubarovga yarimorolga kiriş man etildi.
Moskvada Qrimning Rossiyaga qöşilişi böyiça bitim imzolanişi jarayoni.
Foto: RIA Novosti
Rossiya tomonidan Qrimtatar milliy majlisi «ekstremistik taşkilot» sifatida baholanib, uning faoliyati taqiqlandi. Qrim respublikasining Ukraina boşqaruvi davridagi parlamenti bilan bevosita aloqada bölgan 2 500 qrimtatar va ularning yaqinlari ekstremistik taşkilot a’zosi qatoriga kiritildi.
Şundan söng Rossiya ma’muriyatining bosimi tufayli minglab qrimtatarlar yarimorolni tark etişga majbur bölişdi.
Yarimorolda qrimtatar xalqining uylari, masjidlar, bolalar boğçalariga qilingan bosqinlar va «terrorçi taşkilot a’zo böliş» ayblovi bilan hibsga olişlar hanuz davom etmoqda.
Aslida esa Rossiya huquqni himoya qiliş organlarining maqsadi Qrimning bosib olinişiga qarşi bölgan qrimtatarlarni topib jazolaş bölmoqda.
Şu tufayli bugun Qrimning Rossiya tomonidan bosib olinişiga qarşi bölgan qrimtatarlarning aksariyati yarimoroldan qoçib çiqib ketgan. Ularning katta qismi Ukrainada, boşqalari xorij davlatlarida yaşamoqda.
2014 yil 24 fevral kuni respublika parlamenti binosi oldiga Qrim Ukraina tarkibida qolişini qöllab çiqqan namoyişçilar.
Foto: pikabu.ru
2015 yilda Ukraina Oliy Radasi «1944 yilda Qrim-tatar xalqining deportatsiyasi»ni genotsid deb tan oldi. 18 may Qrimtatar xalqining genotsidi qurbonlarini xotirlaş kuni deb e’lon qilindi.