Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo - Xitoy maxsus xizmatlari o‘rtasida uch yo‘nalishda yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni taklif etdi
Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy maxsus xizmatlari va huquqni muhofaza qilish idoralari o‘rtasida narkotrafik, transchegaraviy va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashda yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni taklif etdi. Bu haqda prezident “Markaziy Osiyo – Xitoy” sammitida aytib o‘tdi.
“Biz barqarorlik va xavfsizlik masalalari bo‘yicha mintaqaviy muloqotning bugungi darajasini yuksak qadrlaymiz. Mamlakatlarimizning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligi masalalari bo‘yicha prinsipial pozitsiyani egallab kelyapmiz.
O‘zbekiston Xitoyning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga muvofiq xavfsizlikning bo‘linmasligi va tinch taraqqiyot tamoyillariga asoslangan global tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydi.
Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy maxsus xizmatlari va huquqni muhofaza qilish idoralari o‘rtasida uch yovuz kuch, narkotrafik, transchegaraviy va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashda yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni taklif etamiz”, dedi prezident.
Qayd etilishicha, Afg‘onistonda gumanitar halokatga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha kelishilgan pozitsiyani ishlab chiqish va chora-tadbirlarni qabul qilish uchun Shanhay hamkorlik tashkiloti hamda Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlar doirasida Muloqot guruhi platformalaridan to‘liq foydalanish dolzarbdir.
“Hurmatli Si Tszinpin janoblari, kecha siz ta’kidlab o‘tganingizdek, “Afg‘onistonda inklyuziv siyosiy tizimni yaratish, mamlakatlarimizning terrorizmga qarshi keng ko‘lamli hamkorlik o‘rnatishi bilan bog‘liq masalalarni hamjihatlikda ilgari surishimiz muhimdir.”
Shuningdek, jahon hamjamiyati hamda Afg‘oniston hukumati tomonidan o‘zaro majburiyatlarni bajarish algoritmini ishlab chiqish uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida yuqori darajadagi Xalqaro guruhni tuzish haqidagi tashabbusimiz qo‘llab-quvvatlanadi, deb umid qilamiz.
Birgalikdagi harakatlarimizni muntazam kelishib olish uchun bugungi formatda Xavfsizlik kengashlari kotiblari uchrashuvi mexanizmini yaratishni taklif etamiz”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
20:47 / 12.11.2024
“Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz” - Shavkat Mirziyoyev
20:26 / 12.11.2024
Mirziyoyev: Yevropaga “yashil” energiya yetkazish bo‘yicha ko‘p tomonlama bitim imzolaymiz
18:44 / 12.11.2024
Xitoyda avtomobil odamlar ustiga bostirib borishi oqibatida 35 kishi halok bo‘ldi
17:29 / 12.11.2024