O‘zbekiston | 10:40 / 20.05.2023
6455
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Singapur transmilliy jinoyatlarga oid tezkor ma’lumotlar bilan almashishni boshlaydi

O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov «Toshkent huquq bahori» (Tashkent law spring) 3-xalqaro forumida ishtirok etish uchun Toshkent shahrida tashrif bilan bo‘lib turgan Singapur ichki ishlar va adliya vaziri Kasivisvanatxan Shanmugam bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Dunyo

Unda tomonlar, bugungi kundagi turli xavf-xatar va tahdidlar, xalqaro terrorizm va ekstremizm, odam savdosi, giyohvandlik va boshqa turdagi transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashish masalalari hamda o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada chuqurlashtirish va tajriba almashish borasida fikrlashdilar.

Singapur bugungi kunda qonun ustuvorligi va aholining politsiya organlariga bo‘lgan ishonchini baholashga doir bir qator xalqaro reytinglarda doimiy ravishda eng yuqori o‘rinlarni egallab kelmoqda. Shuningdek, Singapurning axborot texnologiyalari sohasida, ayniqsa, zamonaviy axborot xavfsizligi borasidagi tajribasi dunyo hamjamiyati tomonidan tan olingan.

Shundan kelib chiqib, tomonlar ikki davlat vazirliklari o‘rtasida doimiy muloqot va tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish, transmilliy jinoyatlarga oid tezkor ma’lumotlar bilan almashish, muntazam ravishda soha mutaxassislarining malaka oshirishlariga sharoit yaratish hamda kiberjinoyatlarga qarshi kurashishning samarali usullari bo‘yicha o‘quv kurslari va treninglarni tashkil etishga kelishib olishdi.

Mavzuga oid