Polsha Xitoyni Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzini qoralashga chaqirdi
Varshavaning Xitoy Tashqi ishlar vazirligi maxsus vakili bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha bayonotida Pekin “Rossiyaga xalqaro huquq tamoyillariga rioya qilishga qaytish uchun bosim o‘tkazishiga” umid bildirilgan.
Polsha Xitoyni Rossiyaning Ukrainaga hujumini qoralashga chaqiradi, dedi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Voysex Gervel Varshavada Xitoy TIVning maxsus vakili Li Xuey bilan uchrashuvda. Polsha TIV tomonidan 19 may, juma kuni chop etilgan press-relizda aytilishicha, Gervel Xitoy “Rossiyaga xalqaro huquq tamoyillariga rioya qilishga qaytish uchun bosim o‘tkazishiga” umid bildirdi.
Bundan tashqari, Voysex Gervel bu urushda tajovuzkor bo‘lgan Rossiya va qurbonga aylangan Ukraina maqomini tenglashtirishga qaratilgan har qanday urinishlarni nomaqbul deb atadi. "Mojarolarni to‘xtatish va tinchlikni tiklash xalqaro huquq tamoyillariga, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga asoslanishi kerak. Biz prezident Zelenskiyning tinchlik rejasini ziddiyatni hal qilish uchun asos sifatida qo‘llab-quvvatlaymiz. Rossiya tomonidan noqonuniy bosib olingan hududlarni qaytarish esa adolatli tinchlikka erishishning yagona maqbul yechimidir", - dedi Polsha tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari.
Shuningdek, u Rossiyaning yadro qurolidan foydalanish tahdidini keskin qoraladi. Bu fakt xavfli pretsedent yaratadi va dunyoning boshqa qismlari uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. “Polsha Xitoyning ushbu qurollar yordamida dunyoni shantaj qilayotgan tajovuzkor davlat Rossiyaga qarshi aniq harakatlariga umid qilmoqda”, - dedi Gervel.
O‘z navbatida, Li Xuey Ukrainadagi vaziyat “hech kimning manfaatlariga javob bermasligini”, ammo Pekinga ko‘ra, “oddiy yechim yo‘qligini” aytdi. Shu bilan birga, Xitoy Tashqi ishlar vazirligining maxsus vakili o‘t ochishni to‘xtatish va tinchlik muzokaralariga qaytish zarurligini ta’kidlab, “Ukrainadagi inqirozni siyosiy yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha Xitoyning pozitsiyasi”ni eslatib o‘tdi.
Mavzuga oid
18:44 / 12.11.2024
Xitoyda avtomobil odamlar ustiga bostirib borishi oqibatida 35 kishi halok bo‘ldi
18:09 / 12.11.2024
Polsha Bosh shtabi boshlig‘i Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi
22:21 / 11.11.2024
Reuters: Toyota Xitoydagi biznes strategiyasini o‘zgartiradi
22:18 / 11.11.2024