May oyi oxirida Volodimir Zelenskiy Ukraina qurolli kuçlari Maxsus amaliyot kuçlarining «Sever» alohida maxsus amaliyotlar markaziga «Ukraina isyonçi armiyasi (UPA)» faxriy unvonini beriş töğrisidagi farmonini imzolagandi.
Bunga Polşadagilar darhol va keskin munosabat bildirdi. Ukraina elçisi mamlakat taşqi işlar vazirligiga çaqirildi, öng qanotdagi partiyalar Kiyevga harbiy yordamni qisqartirişni hamda Ukrainaning Yevropa ittifoqiga kiriş jarayonini bloklaşni talab qila boşladi.
Nega bunday?
Ukraina isyonçi armiyasi (UPA) Ikkinçi jahon uruşi yillarida etnik ukrainlar yaşovçi yerlarda mustaqil ukrain davlatini taşkil etiş uçun qurolli kuraş olib borgan. Natsistlar Germaniyasining okkupatsion ma’murlari, sovet partizanlari (Ukraina deokkupatsiya qilinganidan keyin – SSSR hukumati) va polşaliklarning yaşirin qurolli guruhlari uşbu taşkilotning duşmanlari bölgan.
UPA jangçilari diversiya va harbiy harakatlarda iştirok etişdan taşqari tinç aholi orasida etnik qirğinlar ham ötkazib turgan. Bunday epizodlardan eng maşhuri Volin qirğini hisoblanadi – 1943 yilda bir neça oy içida Volin hududida (bu zamonaviy Ukraina, Polşa va Belarus çegaralari tutaşgan hududdagi tarixiy oblastdir) 50 mingdan ortiq tinç aholi vakillari öldirilgan, qurbonlarning aksari – etnik polyaklar edi. Polşalik tarixçilarga köra, UPA tomonidan ötkazilgan etnik qirğinlar natijasida 1943-1945 yillar mobaynida halok bölgan polyaklar soni 100 mingga yetadi.
Zamonaviy Polşada Volin qirğini rasman Polşa aholisi genotsidi deb ataladi. Zamonaviy Ukrainada esa Rossiya bilan uruş fonida UPA birinçi navbatda mustaqillik uçun kuraş ramzi sifatida köriladi.
19 iyun kuni Polşa prezidenti Karol Navrotskiy Volodimir Zelenskiy mamlakatdagi eng oliy davlat mukofoti – Oq burgut ordenidan (Zelenskiyga bu mukofotni 2023 yilda Polşaning sobiq prezidenti Anjyey Duda bergandi) mahrum etilişini e’lon qildi. «Polşa jamiyatining katta qismi uçun Ukraina isyonçi armiyasi, birinçi navbatda, Ikkinçi jahon uruşi paytida Polşa fuqarolariga qarşi sodir etilgan şafqatsiz jinoyatlar uçun mas’ul tuzilma bölib qoladi», – deya öz qarorini izohlagan Navrotskiy.
Bunga javoban ukrainalik siyosatçilar Polşadan olingan davlat mukofotlarini qaytara boşlaşdi. Xususan, Ukraina prezidenti ofisi rahbari Kirill Budanov, uning örinbosari Igor Jovkva, Ukraina taşqi işlar vaziri Andrey Sibiga hamda Varşavadagi elçi Vasiliy Bodnar «Polşa oldidagi xizmatlari uçun» ordenining Komandor kresti va kavaler yulduzidan voz keçişlari haqida ma’lum qilişdi.














