Jahon | 10:38 / 22.05.2023
11424
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Amerika qurollari bilan Qrimga zarba berilishiga qarshi emas

AQSh hukumati Qrimni Ukraina hududi deb biladi, shuning uchun Kiyevning Amerika qurollari bilan yarimorolga hujum qilishiga qarshi emas, dedi Qo‘shma Shtatlar prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jyeyk Sallivan CNN telekanalida.

Foto: Ulf Mauder/dpa/picture alliance

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya Ukrainaga qarshi urushda mag‘lubiyatga uchrashiga va o‘z mamlakatidan hech qanday hududni tortib ololmasligiga ishonch bildirmoqda. 

"Rossiya nima qilsa ham, uning tajovuzkorligi mag‘lub bo‘ladi. U na Qrimni, na davlatimizning boshqa qismini o‘g‘irlay olmaydi. Bu sizlar bilan bizning uyimiz", - dedi Zelenskiy 18 may kuni Qrim tatarlari deportatsiyasining 79 yilligiga bag‘ishlangan qrim-tatar majlisi vakillari bilan uchrashuvda.

Davlat rahbari bugun Ukrainada 79 yil muqaddam genotsid jinoyati sodir etilgan Qrim-tatar xalqi deportatsiyasi qurbonlari xotirasini hurmat qilishini ta’kidladi. "Yuz minglab odamlar begona yurtga haydab yuborildi. Butun bir xalq o‘z uyidan mahrum bo‘ldi va Qrimda bu haqda gapirgan hamma narsani yo‘q qilishga harakat qilishdi", - dedi Volodimir Zelenskiy.

Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, 18 may nafaqat motam kuni, balki Qrim-tatar xalqining huquqlarini tiklash va o‘z uyiga qaytish maqsadida birlashish kunidir. 

“Biz umumiy tariximizga butun xalqimiz uchun uyga ishonchli yo‘l ochadigan va butun yurtimiz ozodligining tayanchi bo‘ladigan umumiy g‘alabamiz kunini qo‘shish uchun hamma narsani qilamiz”, — dedi Volodimir Zelenskiy.

Mavzuga oid