Ispaniya O‘zbekistonda oqova suv tozalash inshootlarini qurishga sarmoya kiritmoqchi
O‘zbekiston elchisi Jahongir G‘aniyev Ispaniyaning Almar Water Solutions kompaniyasi Institutsional aloqalar bo‘yicha direktori Luis Blanko hamda Marketing va biznesni rivojlantirish departamenti boshlig‘i Manuel Garsia Kalvola bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Uchrashuvda O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish, oqova suv tozalash inshootlarini tozalash sohasida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Ispaniya vakillari O‘zbekistonda oqova suv tozalash inshootlarini qurish va modernizatsiya qilish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan loyihalarda o‘z texnologiyalari va sarmoyalari bilan ishtirok etishga katta qiziqishi borligini bildirishdi.
Xorij tomoni ma’lumotiga ko‘ra, Almar Water Solutions kompaniyasi vakillari joriy yil 1-2 mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Ispaniya Hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishi doirasida tashkil etilgan biznes-forumda ishtirok etgan. Kompaniya Samarqand viloyati hokimligi bilan Kattaqo‘rg‘on shahrida qiymati 100 million AQSh dollariga teng oqava suv tozalash inshootini DXSh asosida qurish va boshqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Hamkorlik memorandumini imzolagan.
Ushbu loyiha doirasida ispan kompaniyasi dastlab izlanishlarni boshlash va kerakli hujjatlarni ishlab chiqish maqsadida O‘zbekistonning tegishli tashkilotlari bilan muhokamalarni davom ettirish istagi qayd etildi.
Bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijasida tomonlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan loyihalarni jadallashtirish maqsadida O‘zbekiston tomonidan mas’ul tashkilotlar vakillari bilan muloqotlarni o‘tkazish masalasini ishlab chiqishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
08:48 / 08.11.2024
Suv tannarxi oshib ketayotgan hududlar ma’lum qilindi
21:48 / 28.10.2024
Qirg‘iziston qo‘shni davlatlarga qancha suv berayotganini e’lon qildi
12:00 / 26.10.2024
Qishloq xo‘jaligida suv olish limiti xalq deputatlari kengashi tomonidan tasdiqlanadi
13:30 / 25.10.2024