7,2 mlrd so‘mlik tender savdolari ixtiyoriy ravishda bekor qilindi
Raqobat qo‘mitasi tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlarini aniqladi.
Raqobat qo‘mitasi maxsus axborot portalidagi ma’lumotlarga va murojaatlarga asosan davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan xaridlarda qonunbuzilish holatlari aniqlangani haqida xabar berdi.
Jumladan,
- Buxoro viloyati Jondor tuman tibbiyot birlashmasining 210 mln so‘mlik;
- Farg‘ona viloyati Quva tuman tibbiyot birlashmasining 2 ta 340 mln so‘mlik;
- Andijon davlat tibbiyot instituti akademik litseyining 212 mln so‘mga yaqin;
- Respublika tez tibbiy yordam markazi Jizzax filialining 318 mln so‘mdan ortiq;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar “Qum ovul” MFYning 257 mln so‘mga yaqin;
- Sirdaryo viloyati «Sayxunobod tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi»ning 3 ta 4,2 mlrd so‘mga yaqin;
- Navoiy viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi tasarrufidagi sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabining 3 ta 1,1 mlrd so‘mlik;
- Namangan viloyati Namangan tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining 309 mln so‘m ortiq;
- Toshkent viloyati Bekobod shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining 283 mln so‘mga yaqin bo‘lgan eng yaxshi takliflarni tanlash savdolarida «Raqobat to‘g‘risida»gi qonun talablariga rioya qilinmaganligi, ya’ni savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar aniqlangan.
Shuningdek, tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlangan.
Raqobat qo‘mitasining o‘rganish natijalariga ko‘ra, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish maqsadida buyurtmachilar tomonidan tanlov savdolari ixtiyoriy ravishda bekor qilingan.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi
Jahon | 00:59
-
Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektor tayinlandi
O‘zbekiston | 00:26
-
Tramp AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qilishini aytdi
Jahon | 23:45 / 13.05.2025
-
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi
Jahon | 23:29 / 13.05.2025
Mavzuga oid

11:26 / 05.05.2025
Click ustun mavqega ega raqamli platforma deb topildi

15:52 / 14.04.2025
UzAirways yo‘lovchiga maxsus ovqat bermagani uchun javob berishiga to‘g‘ri keldi

14:42 / 11.04.2025
Raqobat qo‘mitasi qurilishni vaqtida tugallamagan qurilish kompaniyasiga nisbatan ish qo‘zg‘atdi

15:04 / 08.04.2025