Ayrim nodavlat ta’lim muassasalari iste’molçilaridan şikoyatlar köpaygan. Bu haqda Raqobat qömitasi ma’lum qildi.

Xususan, joriy yilning ötgan davrida nodavlat ta’lim xizmatlari böyiça 500 dan ortiq murojaatlar kelib tuşgan bölsa, ularning aksariyati Toşkent şahridagi sub’yektlar hissasiga töğri keladi.

Bunda eng köp murojaatlar “Newton Academy”, “Merit school”, “My Teacher” platformasi, “My Med Academy” va boşqa taşkilotlar faoliyatiga tegişli.

Şikoyatlarda ta’lim sifatining qoniqarsizligi, öqituvçilar malakasizligi, öquv xonalarining şart-şaroitlari talabga javob bermasligi, öquv grafigiga rioya qilinmasligi, xizmat körsatiş böyiça şartnoma tuzilmagani, ta’lim berişda intizom yöqligi hamda yuzaga kelgan boşqa muammolar bayon etilgan.

Ba’zi ta’lim muassasalari tomonidan iste’molçilarni turli yöllar bilan jalb qiliş niyatida reklamalarda “Joylar soni çeklangan”, “3 oyda til örganing”, “Kafolatlangan ta’lim” kabi börttirilgan iboralardan foydalanilgan.

“Iste’molçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi qonunning 19-moddasiga muvofiq, ijroçi ayrim turdagi işlarni bajariş (xizmatlar körsatiş) qoidalarida yoki şartnomada belgilangan muddatda, hajmda va sifatda işni bajarişi (xizmat körsatişi) şartligi belgilangan.

Şuningdek, iste’molçi sotuvçi (işlab çiqaruvçi, ijroçi) bilan şartnomaviy munosabatlarda qonunçilikda nazarda tutilgan öz talablari qanoatlantirilişi uçun ustuvor huquqqa ega hisoblanadi.

“Reklama töğrisida”gi qonunga muvofiq noaniq, foydalanuvçilarni çalğitadigan yoki çalğitişi mumkin bölgan, yuridik va jismoniy şaxslarga zarar yetkazişi mumkin bölgan reklamaga yöl qöyilmaydi.

Qömita tomonidan murojaatlarni örganib çiqiş natijasida iste’molçilar foydasiga jami 1,2 mlrd sömdan ortiq mablağ qayta hisob-kitob qilinişi ta’minlangan.

Şuningdek, litsenziya talablari va soliq qonunçiligini buzgan, sanitariya qoidalariga mos öquv şaroitlarini yaratmagan holatlar böyiça 50 ga yaqin hujjatlar tegişli çora köriş uçun vakolatli organlarga yuborilgan.

 Jumladan, “Newton Academy” öquv markazi faoliyati yuzasidan köplab şikoyatlar tuşayotgani holati böyiça töplangan hujjatlar tegişli çora köriş uçun Boş prokuratura hamda Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligiga yuborilgan.