Esingizni taniganingizdan to şu yoşga yetguningizça onangiz sizga biror marta ham ovozini kötarib gapirmaganmi? Quloqsizlik qilganingizda tayoq yemaganmisiz? Qilgan xatoingizni onangiz koyimasdan, bosiqlik bilan tuşuntirgan lahzalar qançalik xotirangizda qolgan?
Yoki örtoqlaringizning, qöşni bolalarning onalari haqida qörqitmasdan, urişmasdan farzandini katta qilgandi, deb ayta olasizmi?
Xadiça Kubro Tongarning “Baqirmaydigan onalar” kitobi ayni şunday ayollar uçun. Muallif bolalarga “bizniki” deb qaraş notöğri ekanini tuşuntiradi, farzand tarbiyasi borasidagi fikrlarimizni mutlaqo özgartiradi, xatolarimizga közgu tutadi.
Kitobda farzandlarni nafaqat yaxşi köriş, balki hurmat qiliş, ularning alohida şaxs ekanligini his qiliş, anglaş, tan oliş haqida gap ketadi.
Xadiça Kubro Tongar bolalar psixologi, oilaviy masalalar böyiça maslahatçi, uç farzandning onasi. Uning bu kitobidagi voqealar real hayotdan olingan. Undan turli taqdirga ega bölgan ayollarning hikoyalari, tajribalari örin olgan. Ular orqali muallif onalarning xato va kamçiliklarini öquvçiga körsatib beradi:
“Qaynonam doim bolalarimni erkalatişimni, ularni urmasligimni aytib meni koyirdi. Nimadir xato qilib qöyişsa, jazolaşimni talab qilardi. Qaynonamning söziga kirib, bolalarimni urardim. Şunday kunlarning birida farzandimga qöl kötarar ekanman, qaynonamning bu harakatlarimni kulib kuzatib turganiga közim tuşdi. Öşa lahzada vujudim muzlab ketdi. Men nega bir yoşga borib qolgan, aqli joyida bölmagan ayolning sözlariga kirib, farzandlarimning ruhiyatini şikastlayapman, deb söradim özimdan. Öşa lahzada bolalarimni qaytib urmaslikka, xatolarini bosiqlik bilan tuşuntirişga öz-özimga söz berdim”, deyiladi hikoyalardan birida.
Atrofdagilarning gap-sözlariga kirib bolalarni jazolaş, ularning xatosini anglatiş uçun emas, balki öşa odamga bolalarni uriş qölimizdan kelişini körsatib qöyiş uçun qilingan işdir. Bu orqali faqat farzandlarimizning ruhiyatini sindirişga erişişimiz mumkin xolos.
Begonalarning içida uyaltiradigan iş qilganida yoki gapimizga kirmaganida ham bolalarimizni jazolaymiz. Bu iş ham bolaga tarbiya beriş uçun emas, balki bolamiz qilgan harakatni oqlamasligimizni atrofdagilarga körsatib qöyiş uçun qilinadi.
Özimizni oqlaş uçun qilinadigan bunday harakatlarni muallif bir neça misollar bilan yetkazib berişga urinadi. Ulardan biri şunday: “Bolangiz bilan boğga, aylangani çiqdingiz. Siz yugurmasligini aytdingiz. Lekin u aytganingizni qilmadi va yiqildi. Atrofda hammaning nigohlari sizga qadalganini his qilasiz va yiqilgan farzandinizni turğizib, hol söraş örniga, men senga nima degandim, deb baqira boşlaysiz...














