Dodge’ning 53 yillik “qora sharpa”si auksionda qariyb 1,1 mln dollarga sotildi
1970 yilda ishlab chiqarilgan Dodge HEMI Challenger avtomobili auksionda 1 072 500 dollarga sotildi. Maslkar muxlislari orasida “qora sharpa” nomini olgan Challenger Indy-2023 auksionida eng qimmat baholangan avtomobillardan biri bo‘ldi.
Model o‘z vaqtida armiya veterani va politsiya ofitseri Godfri Kuolls tomonidan sotib olingan. U bir nechta ko‘cha poygalarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan.
Dodge 1970 yilda 23 ta nusxada HEMI Challenger avtomobilini ishlab chiqargan. U 4 pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan va Special Edition paketida xaridorlarga taklif etilgan. Auksionda sotilgan nusxa ham aynan 23 avtomobildan biri hisoblanadi. U 72 590 km masofani bosib o‘tgan.
Ushbu avtomobil AQSh tarixining bir qismi sifatida tan olingan. 2020 yilda Tarixiy transportlar assotsiatsiyasi reyestriga kiritilgan. Shuningdek, mazkur model sharafiga 2023 yilda maxsus versiyasi — Dodge Challenger Black Ghost Last Call 2023 ham ishlab chiqarildi.
Mavzuga oid
01:13 / 21.11.2024
Belgiyalik rassomning «Yorug‘lik imperiyasi» turkumiga kiruvchi kartinasi 121,2 mln dollarga sotildi
11:38 / 13.11.2024
Toshkentda pulli "parkovka"lar tashkil etish uchun auksion o‘tkaziladi
18:43 / 16.08.2024
Toshkentda AQSh elchixonasi eski xizmat avtomobillari auksioni qoldirildi
11:29 / 14.08.2024