Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanzila Norboyeva Singapur prezidenti bilan uchrashdi
Senat raisi Tanzila Norboyeva O‘zbekistonga tashrif buyurgan Singapur prezidenti Halima Yoqub bilan uchrashdi.
Suhbat davomida O‘zbekiston va Singapur o‘zaro munosabatlarini rivojlantirishda parlamentlararo aloqalarning konstruktiv ahamiyatiga e’tibor qaratildi.
"Albatta, parlamentlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik guruhlari faoliyatiga yangi impuls berish zarur.

Singapur va O‘zbekistonning turli yo‘nalishlarda, jumladan, savdo-iqtisodiy, innovatsiya, fan va ta’lim sohalarida hamkorlikni kuchaytirish borasida yakdil bo‘ldik.
Halima Yoqub xonim bilan ta’limning deyarli barcha darajalarida o‘zaro amaliy muloqot qilish borasida fikrlashdik. Xususan, davlat xizmatchilarining kasbiy va boshqaruv salohiyatini oshirishda Singapurning ilg‘or tajribasini o‘rganish nihoyatda muhim", deya ma’lum qildi Senat raisi.

Qayd etilishicha, muloqot davomida Halima Yoqub O‘zbekistonning boy ma’naviy merosidan yaxshi xabardorligini bildirib, o‘zbek xalqi madaniyati va san’atiga oid ko‘rgazmalar va art-loyihalar nafaqat Yevropa davlatlarida, balki Osiyo mamlakatlarida, xususan Singapurda ham namoyish qilinishi kerakligini ta’kidlagan.
Mavzuga oid
14:08 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Serbiya parlamentlari hamkorlik memorandumini imzoladi
15:00 / 03.06.2026
Belgraddagi global konferensiyada O‘zbekistonning gender tenglik borasidagi tajribasi taqdim etildi
17:36 / 23.05.2026
O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi MDH PA sessiyasida qator tashabbuslarni ilgari surdi
18:58 / 23.04.2026