O‘zbekiston | 11:15 / 26.05.2023
5903
1 daqiqa o‘qiladi

Dam olish kunlari kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi

Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. 

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, faqat Toshkent viloyatining ayrim tog‘li hududlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida bugun va ertaga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Respublikaning shimolida va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda shamol biroz 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin,

Bugun kunduz kuni havo harorati +28...+33 daraja, shimolda va cho‘l hududlarda +35 darajagacha, janubda +37 darajagacha bo‘ladi. Dam olish kunlari havo harorati sekin ko‘tariladi va +32...+35 darajani, shimolda va cho‘l hududlarda +35...+37 darajani tashkil etadi. Bunday harorat foni may oyi oxiri uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlarga yaqindir.

Poytaxtda 26-28 may kunlari havo ochiq bo‘ladi. Shamol sharqiy yo‘nalishda esadi. Havo harorati kechalari +16...+18 daraja, kunduz kunlari +30...+33 daraja bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid