Tojikiston TIVda Rossiya elchisi bilan tojiklarning kaltaklanishi muhokama qilindi
Xabarovsk o‘lkasida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan tojikistonlik talabalar kaltaklangani haqidagi xabarlar ortidan Dushanbe buni “Tojikiston-Rossiya strategik sheriklik ruhiga to‘g‘ri kelmaydi” deb hisoblashini ma’lum qildi.
Tojikiston Tashqi ishlar vazirligida Rossiya Federatsiyasining mamlakatdagi favqulodda va muxtor elchisi Semyon Grigorev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda unga “Rossiya hududida Tojikiston fuqarolari turli bahonalar bilan ommaviy qo‘lga olinayotgani to‘g‘risida kelib tushayotgan ma’lumotlar” munosabati bilan Tojikiston tomonining xavotiri bildirildi. Bu haqda 24 may, chorshanba kuni kechqurun Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Mavjud va yuzaga kelayotgan migratsiya muammolariga birgalikda chora ko‘rish zarurligi, shuningdek, migratsiya masalalari bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni ishlab chiqishda kelishilgan harakatlarni amalga oshirish muhimligi qayd etildi”, — deyiladi Tojikiston TIV xabarida.
Suhbatning muhim mavzusiga 19 may kuni Xabarovsk o‘lkasida sodir bo‘lgan voqea aylandi. Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘sha kuni universitetning 3-sonli yotoqxonasida yashovchi Komsomolsk-Amur davlat universitetining yuzdan ortiq tojikistonlik talabalari “Rossiya huquq-tartibot idoralari tomonidan so‘roqqa tutilgan va shafqatsiz munosabatga duch kelgan”.
“Sibir.Realii” internet nashrining yozishicha, universitet rektori Eduard Dmitriyev talabalar va huquq-tartibot xodimlari o‘rtasidagi mojaroni bilvosita tasdiqlagan, biroq xavfsizlik kuchlari tojikistonliklarni kaltaklagani faktini rad etgan. Dmitriyevning so‘zlariga ko‘ra, universitet migratsiya xizmati tomonidan tekshirilgan.
Mavzuga oid
21:00 / 12.11.2024
Rossiyada migrantlar uchun uy-joy ijarasi qoidalari kuchaytiriladi
18:09 / 12.11.2024
Polsha Bosh shtabi boshlig‘i Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi
16:07 / 12.11.2024
Greenpeace: NATO harbiy jihatdan Rossiyadan sezilarli darajada ustundir
14:14 / 12.11.2024