Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
Qo‘shib olingan Qrimning Rossiya tomonidan tayinlangan «rahbari» Sergey Aksyonov Ukraina Qurolli kuchlari dronlari "Foros" sanatoriysiga hujum qilganini ma’lum qildi. OAV xabarlariga ko‘ra, u yerda «juda muhim mehmonlar» bo‘lgan. Yaqin atrofda to‘rtta davlat dachalari joylashgan.
Foto: picture-alliance/Sputnik/A. Polegenko
Qo‘shib olingan Qrimning Rossiya tomonidan tayinlangan «rahbari» Sergey Aksyonov 21 sentabr, yakshanba kuni kechqurun yarim orolning janubiy kurort sohilidagi "Foros" sanatoriysiga Ukraina dronlari tomonidan hujum uyushtirilgani haqida ma’lum qildi. Aksyonovning so‘zlariga ko‘ra, hujum oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan, 15 ga yaqin kishi jarohatlangan. Foros posyolkasidagi maktab binosi va sanatoriy hududidagi bir qancha obektlar ham zarar ko‘rgan, ammo rasmiy bu qaysi biri ekanini aniqlamagan.
Rossiya Mudofaa vazirligi boshqa ma’lumotlarni taqdim etdi: unga ko‘ra, hujumda ikki tinch fuqaro halok bo‘lgan, 15 kishi turli darajada jarohatlangan. Vazirlikning ta’kidlashicha, zarba portlovchi jangovar kallaklarni olib yurgan dronlar tomonidan amalga oshirilgan.
Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaning 22 ta samolyot tipidagi uchuvchisiz uchog‘i Moskva vaqti bilan soat 16:00 dan soat 20:00 gacha Qora dengiz uzra urib tushirilganini, yana uchtasi Qrim yarim orolining o‘zida urib tushirilganini ma’lum qilgandi.
Rasmiy ravishda Kiyev bu ma’lumotga hozircha izoh bermagan.
Mavzuga oid
22:42 / 19.12.2025
Ukraina O‘rtayer dengizida birinchi marta Rossiyaning «yashirin floti» tankeriga zarba berdi
16:35 / 19.12.2025
Mayamidagi muzokaralarga ham Ukraina, ham Rossiya delegatsiyalari keladi
16:20 / 19.12.2025
Seversk qulash yoqasida: bu Slovyansk va Kramatorskka qanday xavf tug‘diradi?
15:51 / 19.12.2025