Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrdan O‘zbekistonga gepatitga qarshi dorilarning beshinchi turkumi olib kelindi
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Misr hukumati tomonidan mamlakat uchun insonparvarlik yordami tariqasida ajratilgan S gepatitiga qarshi dori vositasining beshinchi turkumini Sharm-al-Shayxdan Toshkentga bepul yetkazib berdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.
Foto: Dunyo AA
Ushbu insonparvarlik ko‘magi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, mamlakatning Qohiradagi elchixonasi va Uzbekistan Airways aviakompaniyasi hamkorligida tashkil etildi. Insonparvarlik yuklarining olib kelinishi O‘zbekiston va Misr o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlikni yanada jadallashtirish, virusologiya jabhasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish doirasida ilgari erishilgan kelishuvlarning amaliy natijasi hisoblanadi.
Umumiy hajmi 17 mingdan ortiq dori vositalari O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan bemorlar o‘rtasida taqsimlanadi.
Misr sog‘liqni saqlash vazirligi bilan 2023-2024 yillar davomida umumiy qiymati 4,8 million dollar hajmidagi 800 ming dona (40 tonnaga yaqin) S gepatitiga qarshi dori vositalarini bepul yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.
Mavzuga oid
22:30 / 16.04.2026
Saudiya, BAA, Misr. Eron urushiga uch xil yondashuv
10:43 / 19.03.2026
Misrning yuzga yaqin dori vositasi O‘zbekistonda mahalliylashtiriladi
11:40 / 06.03.2026
O‘zbekiston va Misr gepatit C uchun dori vositalari ishlab chiqaradi
10:21 / 26.02.2026