Yaşnobod tumani, Yangi davr mahallasining Farğona yöli 3-tor köçasida katta omborxona va işlab çiqariş hududi joylaşgan. Bu yerga Jarqörğon köçasidan yuk maşinalari kirib borişi mumkin bölgan bir neçta yöl mavjud. Biroq ular negadir işlab çiqariş sub’yektlari tomonidan öz hududi sifatida örab olingan. Şu tufayli haydovçilar omborxona va işlab çiqariş hududiga kirib-çiqişda garçi yuk maşinalari harakati taqiqlangan bölsa-da, Farğona yöli 3-tor köçasidan harakatlanib kelişgan.


Kiçik va tor köçadan yuk maşinalarining ötib-qaytaverişidan bezor bölgan hudud aholisi tegişli joylarga murojaat qilgan. Toşkent şahar IIBB YHXB murojaatga javoban hudud nazoratga olinişini bildirgan. Biroq natija bölmagan: yuk maşinalari kirib-çiqişi davom etgan.



Murojaatlardan iş çiqişiga közi yetmagan aholi oxir-oqibat qölbola usulda sun’iy arka yasab, köçaga örnatib qöyişgan. Fuqarolarning bu işi esa öz-özidan omborxona va işlab çiqariş hududi rahbariga yoqmagan hamda u ham tegişli organlarga murojaat qilgan. Qiziği, aholining murojaati “koptok” qilingan va ijrosi ta’minlanmagan bir vaziyatda tadbirkorning murojaati yaşin tezligida hal qilişga kirişilgan.
Masalan, omborxona va işlab çiqariş hududi rahbarining Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga yöllagan murojaati Yaşnobod tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi tomonidan örganib çiqiladi. Örganiş natijasi yuzasidan Yangi davr mahallasi raisiga aniqlangan kamçilikni 5 kunda bartaraf qiliş böyiça taqdimnoma kiritilgan.

Masalaning mantiqiy qismi biroz “kelişmagan” nuqtasi şuki, köçadagi sun’iy tösiqni olib taşlaş yuzasidan Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga aynan yuk maşinalari kirib-çiqadigan omborxona va işlab çiqariş hududi rahbari murojaat qilgan. Köça boşida esa köçaga yuk maşinalari kirişi taqiqlangani haqidagi yöl belgisi turibdi.














