Ma’lumotga köra, Yöl harakati qoidalarining 162-bandiga muvofiq, avtotransport vositalarining oçiq yuk taşiş platformalarida quriliş materiallari, qişloq xöjaligi mahsulotlari, sanoat va oziq-ovqat tovarlari, şuningdek, tökilib ketişi mumkin bölgan boşqa yuklar taşilayotganda, yuk majburiy tartibda brezent yoki boşqa qalin material bilan yopilgan bölişi şart. Faqat issiq asfalt, yirik gabaritli va oğir yuklar bundan mustasno hisoblanadi.
Mutaxassislar ta’kidlaşiça, oçiq platformalarda yuklarni yopmasdan taşiş yöllarning çang va çiqindi bilan ifloslanişiga, yölda harakatlanayotgan boşqa transport vositalari uçun xavf tuğilişiga va yöl-transport hodisalari yuzaga keliş ehtimolining oşişiga sabab böladi.
YHXB va Ekologiya qömitasi barça haydovçilardan yuk taşişda YHQ talablariga qat’iy rioya qilişni, oçiq kuzovda taşilayotgan yuklarni töliq yopiş orqali yöllar sofligi va atrof-muhit uçun mas’uliyat bilan yondaşişni söramoqda.













