Yaponiya toza energiya eksport qilish uchun pauerbank-kema quradi
Kelajakda u neft tankerlari o‘rnini egallashi mumkin.

Foto: prnewswire.com
Yaponiyaning PowerX startapi butun dunyo bo‘ylab qayta tiklanadigan energiya yetkazib berish uchun mo‘ljallangan 96 ta kuchli akkumulyatorga ega kema ustida ishlamoqda. Birinchi kema 2025 yilgacha tayyor bo‘ladi, uning sinovlari bir yildan so‘ng boshlanadi.
Akkumulyator-kema uzunligi 140 metr bo‘lib, 300 kilometr masofani bosib o‘ta oladi. Tanker bir reys davomida 241 MVt·s toza energiyani tashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Neft eksporti miqyosida kema quvvati kichikroq ko‘rinishi mumkin, deb tan oladi kompaniya. Biroq, kema kelajakda ko‘proq akkumulyatorlar bilan ishlash imkonini beruvchi «moslashuvchan dizayn»ga ega.
Taxminlarga ko‘ra, kema portlarga kirib, mahalliy infratuzilmani quvvatlantiradi. Shuningdek, u dengizdagi shamol stansiyalariga va yerosti yoki suvosti kabellaridan foydalanish qiyin bo‘lgan joylarga xizmat ko‘rsatishi mumkin.
PowerX - bu batareya ishlab chiqarish bo‘yicha startap. Kompaniya asoschilari toza energiyadan foydalanish va uzatish usullarini o‘zgartirmoqchi, shuningdek, uni butun dunyoga tarqatmoqchi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kambag‘al oilalar reyestridagi ayrim oilalar passiv daromad oladi
O‘zbekiston | 12:44
-
Eron AQSh ishtirokida uranni boyitish bo‘yicha konsorsium tuzishni taklif qildi
Jahon | 12:18
-
Yevroittifoq Ukraina tovarlariga bojlarni qaytarish niyatida
Jahon | 12:15
-
“Akromjon emas, Xamitbekman” – xavfli jinoyatchining 15 yillik siri
Jamiyat | 12:11
Mavzuga oid

20:05 / 05.05.2025
Xitoyda kuchli shamol sayyohlik kemalarini ag‘darib yubordi. 10 kishi halok bo‘ldi

18:09 / 04.05.2025
Yaponiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni keskin qisqarib ketdi

22:33 / 28.04.2025
Fuji tog‘iga chiqishga uringan xitoylik talaba to‘rt kun ichida ikki marta qutqarildi

00:43 / 25.04.2025