Belgorod oblasti gubernatori: Shebekino okrugi o‘qqa tutilishi oqibatida ikki ayol halok bo‘ldi
Chegara hududlardagi aholi yashash manzillariga yo‘llanayotgan zarbalar tufayli jami 16 kishi yaralangan.

Foto: Getty Images
Belgorod oblasti gubernatori Vyacheslav Gladkov Ukraina qurolli kuchlari Shebekino okrugi Maslova Pristan posyolkasida avtoyo‘l uchastkasini o‘qqa tutishi oqibatida ikki ayol halok bo‘lganini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, snaryad oskolkalari yo‘ldan o‘tayotgan avtomobillarga sanchilgan, ulardan birida ikki ayol ketayotgan bo‘lgan. Olingan jarohatlar oqibatida ular voqea joyida vafot etgan.
«Ikkinchi mashinadagi ikki kishi jabrlangan. Erkaklardan birining ko‘krak qafasida, ikkinchisida — oyoq qismida oskolkadan jarohatlar aniqlangan. Ular og‘ir ahvolda 2-raqamli shahar shifoxonasiga olib borilgan, barcha zarur tibbiy yordamlar ko‘rsatilmoqda», — deya yozgan Gladkov o‘z telegram-kanalida.
Gubernator shuningdek, Volokonovo rayonidagi Tishanka qishlog‘i ham stvolli artilleriyadan o‘qqa tutilganini ma’lum qilgan. Bu yerda ikki uyning oynalari to‘kilib tushgan, markaziy gaz o‘tkazish quvuri va elektr uzatish liniyalari shikastlangan. Valuyskiy okrugi Leonovka xutori ham zarba ostida qolgan. Bu yerda jabrlanganlar yo‘q, qishloq xo‘jaligi korxonasining g‘alla saqlanadigan ombori shikastlangan.
Belgorod oblasti gubernatorining aytishicha, so‘nggi bir kun davomida Shebekino okrugi bo‘ylab 850 ta snaryad uchirilgan.
Uning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, chegara hududlar o‘qqa tutilishi oqibatida jami 16 kishi yaralangan.
- 1 iyun kuni Gladkov Shebekino muntazam ravishda o‘qqa tutilayotgani, shaharga «Grad» baravar o‘t ochish reaktiv tizimlaridan ham zarbalar yo‘llanayotganini ma’lum qilgandi. Natijada yotoqxona binosi yonib ketgan, uning yonidagi ma’muriyat binosi shikastlangan. Bundan biroz avvalroq Ukraina tomonida turib jang qilayotgan «Rossiya ko‘ngillilar korpusi» va «Rossiyaga ozodlik» legioni Belgorod oblastida yangi reyd boshlaganini xabar qilgandi. RF mudofaa vazirligi esa region hududiga «kirib kelishning oldi olingani» haqida ma’lum qilgan.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyev Yevrokengash prezidenti bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston | 21:17
-
Rossiyada migrant bolalar uchun rus tili imtihoni shartlari kuchaytirildi
Jahon | 21:14
-
AQSh sudi Nyu-York meriga ochilgan jinoiy ishni yopdi
Jahon | 21:10
-
WSJ: AQSh deportatsiya qilinadigan migrantlarni Moldovaga jo‘natmoqchi
Jahon | 21:06
Mavzuga oid

21:07 / 27.03.2025
Belgorod oblastidagi janglar va evakuatsiya: nimalar bo‘lmoqda?

10:33 / 20.03.2025
Rossiyadagilar Ukraina Belgorod oblastiga yangi hujum boshlaganini xabar qilmoqda

04:54 / 17.08.2024
Ukrainalik harbiylar Belgorod viloyati hududiga 10 km kirib bordi

20:01 / 12.08.2024