Özbekiston Yevropa Ittifoqi bilan savdo munosabatlarini tubdan kengaytirişdan, eng avvalo, barqaror savdo-logistika zanjirlarini va özaro mahsulot yetkazib berişni qöllab-quvvatlaşning samarali mexanizmlarini yaratişdan manfaatdor. Bu haqda Şavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” ikkinçi sammitidagi nutqida ma’lum qildi.
“GSP+ tartibining taqdim etilişi mamlakatimiz işlab çiqaruvçilarini taşqi savdo faoliyatiga jalb qiliş va şu bilan birga, işlab çiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oşirişda rağbatlantiruvçi omil bölib xizmat qildi. Biz uşbu şartlarning amal qiliş muddatlarini yangi davrga uzaytirişdan manfaatdormiz. Uşbu preferensiyalar tizimining mintaqadagi barça mamlakatlarga tatbiq etilişi iqtisodiyotlarimizning industrial salohiyati va raqobatbardoşligi ortişiga xizmat qiladi, deb hisoblaymiz”, dedi Özbekiston prezidenti.
Şu bilan birga, mintaqada Yevropa Ittifoqi talablariga muvofiq zamonaviy laboratoriyalar, standartlaştiriş va sertifikatlaş markazlari tarmoğini yaratiş, Yevropa bozorlarida işlaşi uçun eksport qiluvçilar bilim va salohiyatini rivojlantiriş, Yevropa kompaniyalarining mintaqa mamlakatlari savdo imkoniyatlari haqida xabardorligini oşirişga qaratilgan tadbirlar ötkaziş kabi alohida masalalar ham mavjud.
“Afsuski, bu masalalarning barçasi böyiça hanuzgaça sezilarli natijalarga erişilgani yöq. Ularni hal etiş uçun Mamlakatlarimiz eksport va import qiluvçi korxonalarini qöllab-quvvatlaş kompleks dasturini birgalikda işlab çiqişni taklif etamiz. Bundan taşqari, Özbekiston va Yevropa Ittifoqi örtasida kengaytirilgan şeriklik va hamkorlik töğrisidagi bitimni qabul qiliş jarayoni tez fursatda yakunlanişi ham uşbu vazifaning ijrosiga xizmat qiladi”, dedi u.
Ta’kidlanişiça, Markaziy Osiyo va Yevropaning transport-kommunikatsiyaviy boğliqligini, eng avvalo, “Örta marşrut” deb nom olgan Transkaspiy tranzit yölagini şakllantiriş orqali rivojlantiriş maqsadida mamlakatlar sa’y-harakatlarini birlaştiriş muhimdir.
“Ta’kidlaş joizki, uşbu loyiha yaqinda Samarqandda ötgan Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki boşqaruvçilari uçraşuvida puxta tahlil qilindi. Afsuski, uşbu magistral raqobatbardoşligini oşiriş masalasida özaro muvofiqlaşgan yondaşuv hanuzgaça mavjud emas. Bugun yuk taşişning asosiy hajmini hosil qilayotgan biznes uçun manfaatli bölgan tariflar kerak. Biroq tahlillar körsatayotganidek, uşbu yönalişdagi joriy tarif va yiğimlar, masalan, muqobil bölgan Şimol – Janub yönalişlaridagidan 1,5 barobar baland.
Transport-logistika va port infratuzilmalarini yuklar oqimining prognoz qilinayotgan ösişiga mos ravişda kengaytiriş hamda yöl qoplamasining texnik holatini yaxşilaş masalalari ham muhim ahamiyatga ega. Şu munosabat bilan Transkaspiy yölagi salohiyatidan foydalanişning doimiy, ta’sirçan mexanizmini yaratişni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Bu mamlakatlarimiz transport idoralari vakolatli vakillarining doimiy uçraşuvlarini ötkazib borişni nazarda tutadi”, deydi Şavkat Mirziyoyev.

















