Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MOQ huzurida “Toshkent-2025” yozgi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarini o‘tkazish direksiyasi tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi huzuridagi “Toshkent-2025” yozgi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarini o‘tkazish direksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Loyiha bilan:
“Toshkent-2025” yoshlar o‘rtasidagi yozgi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq vazifalarni yagona organ orqali tizimli amalga oshirish maqsadida Milliy olimpiya qo‘mitasi huzurida Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarini o‘tkazish direksiyasi tashkil etilishi;
Milliy olimpiya qo‘mitasi huzuridagi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarini o‘tkazish direksiyasi Boshqaruv kengashi tarkibi tasdiqlanishi;
Milliy olimpiya qo‘mitasi huzuridagi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarini o‘tkazish direksiyasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanishi;
“Toshkent-2025” yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita 2025 yilda Toshkent shahrida yoshlar o‘rtasidagi IV yozgi Osiyo o‘yinlari hamda V Paraosiyo o‘yinlarini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita etib qayta nomlagan holda uning yangilangan tarkibi tasdiqlanishi;
Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarini o‘tkazish direksiyasi moliyalashtirish manbalari etib davlat budjeti mablag‘lari, sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari yillik kalendar rejalari mablag‘lari, shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar, yuridik va jismoniy shaxslar homiylik va xayriya mablag‘lari, Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK), Osiyo Paralimpiya Qo‘mitasi (OPQ) va boshqa xalqaro sport federatsiyalari tomonidan ajratiladigan mablag‘lari, xalqaro tashkilotlar grantlari va texnik ko‘mak mablag‘lari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilanishi;
Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarini o‘tkazish direksiyasi mablag‘laridan:
“Toshkent-2025” o‘yinlarini yuqori saviyada tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha sarf-xarajatlar, jumladan, xalqaro va respublika miqyosidagi tadbirlar hamda uning doirasida o‘tkaziladigan ko‘rgazmalar, konferensiyalar, ilmiy-amaliy anjumanlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish;
“Toshkent-2025” o‘yinlari o‘tkaziladigan sport inshootlari va boshqa obektlarni OOK, OPQ va xalqaro sport federatsiyalari talablariga muvofiq tayyorlash, ularni zarur bo‘ladigan sport, tibbiy, texnik va boshqa jihozlar bilan ta’minlash;
“Toshkent-2025” o‘yinlari logotipi, shiori, piktogrammasi, mash’ali, musiqasi, o‘yinlar ramzlari, tashkiliy qo‘mita va volonterlar ekipirovkasi, logotip tushirilgan esdalik nishonlari va sovg‘alarning dizaynini yaratish, ularni chiqarish va xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarni amalga oshirish;
“Toshkent-2025” o‘yinlarini yuqori saviyada tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish jarayonlarini ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, Internet, nufuzli jahon axborot tarmoqlari orqali yoritish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha tadbirlarni amalga oshirish;
Direksiya xodimlari, shu jumladan, huquqiy-shartnomaviy kelishuv asosida jalb qilingan mutaxassislarga ish haqi, ustamalar, mukofotlar va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlar, ularning ham mamlakat ichkarisida ham undan tashqaridagi xizmat safarlari xarajatlarini to‘lash;
Direksiya faoliyati uchun binolarni ijaraga olish, zarur jihozlar, mebel, aloqa, kompyuter va boshqa zarur vositalar bilan ta’minlash;
Direksiya ehtiyojlari uchun xizmat avtomobillari va maxsus avtotransport vositalari, shuningdek, boshqa texnik vositalar xarid qilish, ularni servis xizmati, ehtiyot qismlar va yonilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlash;
Direksiya xodimlari, huquqiy-shartnomaviy kelishuv asosida jalb qilingan mutaxassislar, volonterlarning o‘qishini, malaka oshirishini va stajirovkasini, shu jumladan, xorijiy davlatlar ilmiy-tadqiqot, ta’lim va boshqa muassasalarida tashkil etish;
“Toshkent-2025” o‘yinlari masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga keladigan xorijiy davlatlar, Xalqaro sport tashkilotlari, federatsiyalari, kompaniyalar delegatsiyalari tashriflarini tashkil etish;
“Toshkent-2025” o‘yinlarini o‘tkazish uchun ilmiy-tadqiqot institutlari, xorijiy kompaniyalar, nufuzli tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha promotorlik kompaniyalarining mahalliy va xorijiy mutaxassislarini shartnoma asosida jalb etish maqsadida foydalanilishi;
Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarini o‘tkazish direksiyasi O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani Olmazor ko‘chasi 6-uy manzilida joylashgan O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi binosida tekin foydalanish huquqi bilan joylashtirilishi nazarda tutilmoqda.
Mavzuga oid
22:44 / 14.12.2025
O‘zbekiston para sportchilari yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi
19:25 / 03.11.2025
Osiyo yoshlar o‘yinlarining sovrindorlari pul mukofoti bilan taqdirlandi
22:14 / 31.10.2025
Toshkent 2029 yilda IV Osiyo yoshlar o‘yinlariga mezbonlik qiladi
18:16 / 31.10.2025