O‘zbekiston | 10:51 / 05.06.2023
6088
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

“O‘zbekinvest” kompaniyasi 2023 yilda elektron polislarni joriy etish bo‘yicha yetakchilik mavqeyini saqlab qoldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalarga muvofiq “O‘zbekinvest” tomonidan kompaniyaning barcha biznes-jarayonlarida, shu jumladan, sug‘urtaning bir qancha turlari bo‘yicha elektron polislarni (Ye-polis) rasmiylashtirishda internet, mobil ilovalardan foydalangan holda zamonaviy axborot texnologiyalari tatbiq etilmoqda.  

2023 yilning birinchi choragida kompaniya transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish (TVEFJMS) bozoridagi yetakchi o‘rinni saqlab qoldi. Shu bilan birga, mijozlar bazasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 126 foizga oshdi. Sug‘urta mukofotlari yig‘imi 10 milliard so‘mni tashkil etdi, bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 140 foizni tashkil etdi.

Kompaniya mijozlariga qulay va sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida onlayn sug‘urta platformalarini ishga tushirdi va qisqa vaqt ichida sug‘urtaning 9 turini to‘liq onlayn rejimiga o‘tkazdi. Bugungi kunda “O‘zbekinvest” kompaniyasi elektron polislar bo‘yicha sug‘urta bozorida barcha ko‘rsatkichlarda birinchi o‘rinni egallab kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Eksportni qo‘llab-quvvatlash milliy tizimi doirasida eksport shartnomalari va kreditlarini siyosiy va tijorat risklaridan sug‘urtalash “O‘zbekinvest” kompaniyasi tomonidan amalga oshirib kelinmoqda. 2023 yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, “O‘zbekinvest” kompaniyasi o‘z zimmasiga 511,8 million AQSh dollaridan ortiq sug‘urta majburiyatlarini oldi, bu esa noxomashyo eksport qoplamasining 34 foizini tashkil etadi. 2022 yilning birinchi choragida bu miqdor 427,5 million AQSh dollarini tashkil qilgan.

Foiz miqdorida 2023 yilning birinchi choragida eksportni qo‘llab-quvvatlash hajmining o‘sishi 2022 yilning birinchi choragiga nisbatan 120% ni tashkil etdi.

2023 yil birinchi choragi davomida eksport risklarini kompleks sug‘urtalash polislari bo‘yicha sug‘urta hodisalari yuz berganligi munosabati bilan milliy eksportchilarga 1,1 mlrd so‘m sug‘urta tovonlari to‘lab berildi.

“O‘zbekinvest” kompaniyasi 2023-yilning birinchi choragidagi faoliyatining yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston sug‘urta bozorida yetakchi o‘rinni saqlabgina qolmay, balki yanada mustahkamlab, 230 milliard so‘m sug‘urta mukofotlarining yalpi yig‘ilishini ta’minladi hamda 2022-yilning birinchi choragiga nisbatan hajmlarni 223 foizga o‘sishiga erishdi.

2023 yilning yanvar-mart oylarida sug‘urta hodisalari bo‘yicha 1103 ta murojaatlar ko‘rib chiqilib, kompaniya mijozlariga 22,3 milliard so‘mdan ortiq sug‘urta qoplamalari to‘lab berildi.

“O‘zbekinvest” kompaniyasining xalqaro sug‘urta bozorlaridagi faol ishtiroki tufayli 2023 yilning birinchi choragida qayta sug‘urta mukofotlarining yalpi yig‘imi 10,57 million AQSh dollarini tashkil etdi va bu 2022 yilning shu davriga nisbatan biznes hajmining 174 foizga barqaror o‘sishini ta’minladi.

O‘zbekiston respublikasining hududlarida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini sug‘urtalash doirasida 2022 yilning birinchi choragiga nisbatan 127 foizga o‘sish bilan 10,2 milliard so‘m sug‘urta mukofotlari yig‘ildi.

Erkin sanoat iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari hududlarida tadbirkorlik sub’yektlarini sug‘urtalash hajmi 1,3 barobarga (129 foiz) o‘sdi, sug‘urta mukofotlari yig‘imlari 3,4 milliard so‘mni tashkil etdi.

Turli sohalardagi tadbirkorlarning mulkiy va moliyaviy risklarni sug‘urtalashga bo‘lgan ehtiyoji ortib bormoqda. Natijada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari segmentida sug‘urta mukofotlarining xajmi 12,3 milliard so‘mni tashkil etdi, bu 2022 yilning shu davriga nisbatan 1,3 barobarga (125,6 foiz) ko‘p.

Mamlakatimiz aholisini sug‘urta himoyasi bilan ta’minlash bo‘yicha ishlarni davom ettirish va ushbu faoliyatni “mahallabay” tamoyili bo‘yicha tashkil etish doirasida joriy yilda sug‘urta mukofotlari yig‘imi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 194,6 foizga o‘sib 24,3 milliard so‘mni tashkil etdi.

Mijozlarning sodiqligini saqlab qolish, sug‘urta mahsulotlarini sotishning yangi, zamonaviy vositalarini joriy etish ustida doimiy ish olib borish maqsadida birinchi chorakda “O‘zbekinvestdan suyunchi - 2” keng ko‘lamli aksiyasi o‘tkazilib, unda g‘olib mijozlarga qimmatbaho sovg‘alar, shu jumladan, Chevrolet Gentra avtomobili, 3 ta AUX konditsionerlari, 3 ta Samsung muzlatkichlari, 3 ta Samsung Smart TV televizorlari hamda 2 ta Iphone 13 Pro smartfoni taqdim etildi. Bugungi kunda ushbu aksiyaning davomi yangi formatda - “O‘zbekinvestdan har hafta suyunchi” boshlandi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid