O‘zbekiston va Eron o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 1 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi
Toshkent shahrida O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 15-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, tadbirga O‘zbekiston tomonidan investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov, Eron tomonidan esa Eron sanoat, konlar va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Said Mahdiy Niyoziy hamraislik qildi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlikning ijobiy dinamikasi qayd etildi: so‘nggi uch yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi qariyb ikki barobar oshdi. Bu yo‘nalishda munosabatlarni rivojlantirish muhimligini ta’kidlab, tomonlar kimyo sanoati mahsulotlari, asbob-uskunalar, qurilish materiallari, ipak, to‘qimachilik, elektrotexnika, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa tovarlar o‘zaro yetkazib berish hajmini ko‘paytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Savdo ko‘rsatkichlarining barqaror o‘sishini ta’minlash maqsadida tomonlar o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini yiliga 1 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar dasturini imzolash, Imtiyozli savdo bitimini qabul qilishni jadallashtirish, ikkala davlatning hududlarida Made in Iran va Made in Uzbekistan ko‘rgazmalarini o‘tkazishga kelishib oldilar. Bundan tashqari, ikki tomonlama savdodagi to‘siqlarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha ishchi guruh tuziladi.
Investitsiyalar sohasida hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar muhokama qilindi. Oxirgi besh yil ichida O‘zbekistonda Eron kapitali ishtirokidagi korxonalar soni uch barobarga ko‘payib, 420 taga yetdi. Tomonlar o‘zaro manfaatli sohalarda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun ikki mamlakatning yirik kompaniyalarini jalb etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi yo‘nalishida hamkorlikni chuqurlashtirish, madaniy-gumanitar sohada o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar kelishib olindi.
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha muzokaralar davomida erishilgan barcha ikki tomonlama kelishuvlarni aks ettirgan hamda O‘zbek-Eron hamkorligini har tomonlama chuqurlashtirishga qaratilgan Yakuniy bayonnoma imzolandi.
Mavzuga oid
12:10 / 21.12.2024
O‘zbekiston va Eron kartoshka yetishtirishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi
14:52 / 20.12.2024
Eron O‘zbekistonning qator mahsulotlariga eksport uchun ruxsatnoma beradi
16:32 / 19.12.2024
O‘zbekiston Eron bilan qishloq xo‘jaligida hamkorlikni kuchaytiradi
19:15 / 15.12.2024