Saudiyaning iyulda qazib olishni 1 mln barrelga qisqartirish qarori fonida neft narxi oshdi
Neft narxi Saudiya Arabistonining iyul oyida qazib olishni kuniga yana 1 million barrelga qisqartirish qarori fonida ko‘tarildi. Podshohlik neft narxini 80 dollardan oshib ketishini xohlayapti va uni barqarorlashtirish uchun bozordagi ulushini qurbon qilishi mumkin, deb yozadi Bloomberg.
Saudiya Arabistoni iyul oyida qazib olishni kuniga yana 1 million barrelga qisqartirish qarorini e’lon qilganidan so‘ng jahon bozorlarida neft narxi ko‘tarildi. Dushanba kungi savdolar boshida WTI nefti deyarli 5 foizga oshdi va bir barreli uchun 74 dollardan ko‘tarildi, Brent nefti narxi 3,3 foizga oshib, bir barrel uchun 78,63 dollarni tashkil qildi.
Keyinchalik savdolar jarayonida neft narxi o‘sish sur’atlarini biroz yo‘qotdi. Toshkent vaqti bilan soat 11:50 holatiga ko‘ra, WTI nefti 1,42 foizga qimmatlashib, bir barreli uchun 72,76 dollarni, Brent nefti 1,33 foizga qimmatlashib, 77,14 dollarni tashkil qildi.
4 iyun, yakshanba kuni Rossiya, Saudiya Arabistoni va boshqa OPEK+ davlatlari neft qazib olish bo‘yicha cheklovlarni uzaytirishga kelishib oldilar: 2024 yilda OPEK+ mamlakatlari tomonidan qazib olishning umumiy darajasi kuniga 40,46 million barrelni tashkil etadi – hozirgidan 1,4 million barrelga kam. Natijada, Rossiya uchun qazib olish kvotasi kuniga 9,828 million barrelni, Saudiya Arabistoni uchun kuniga 10,478 million barrelni (hozirgidan 1 million barrel kam) tashkil etadi.
Shu bilan birga, Saudiya Arabistoni Energetika vazirligi ixtiyoriy ravishda qazib olishni may oyidagi taxminan 10 million barreldan iyul oyida sutkalik 9 million barrelgacha qisqartirishini bildirdi, bu esa so‘nggi yillardagi eng katta qisqartirishdir. Saudiya Arabistoni energetika vaziri shahzoda Abdulaziz bin Salmon Venada bo‘lib o‘tgan OPEK+ yig‘ilishidan so‘ng: «Bu bozor barqarorlikka muhtoj», dedi.
Mavzuga oid
08:10 / 12.11.2024
O‘zbekistonga Saudiya kompaniyalarining qariyb 2,5 mlrd dollarlik investitsiyalari jalb etiladi
19:01 / 11.11.2024
O‘zbekiston va Saudiya bosh prokurorlari tergov va axborot almashinuvida hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzoladi
09:25 / 11.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi
18:01 / 10.11.2024