Reuters 21 may kuni tarqatgan xabarda ta’kidlanişiça, Nijyegorod viloyatining Kstovo şahrida joylaşgan NORSI zavodiga 20 mayga ötar keçasi Ukraina dronlari hujum qilgan.

Hujum oqibatida zavodning asosiy AVT-6 neftni birlamçi qayta işlaş qurilmasi töxtab qolgan. Mazkur uskuna korxona umumiy quvvatining 53 foizini ta’minlab, sutkasiga 25,7 ming tonna neftni qayta işlaş imkoniga ega bölgan.

NORSI Rossiyadagi törtinçi eng yirik neftni qayta işlaş zavodi va mamlakatda benzin işlab çiqariş böyiça ikkinçi örinda turadi. Hujumgaça zavod yiliga 16 million tonna neft yoki kuniga taxminan 320 ming barrel neftni qayta işlaş quvvatiga ega edi.

20 mayga ötar keçasi Kstovo şahriga dronlar hujum qilgani haqida OAV va OSINT-kanallar xabar bergan, mahalliy hokimiyat esa NQZda yonğin çiqqanini rasman tasdiqlamagan.

“Nijyegorodnefteorgsintez” sönggi ikki oy içida ikkinçi marta hujumga uçramoqda. Avvalroq, 5 aprel kuni ham korxona dronlar zarbasidan şikastlangan edi.

Reuters agentligi 20 may kuni tarqatgan boşqa ma’lumotda esa Rossiyaning markaziy qismidagi deyarli barça yirik neftni qayta işlaş zavodlari sönggi haftalardagi Ukraina dronlari hujumlari ortidan işlab çiqarişni qisqartirgani yoki vaqtinça töxtatgani aytilgan.

Agentlik manbalariga köra, töliq yoki qisman işdan çiqqan NQZ umumiy quvvati yiliga 83 million tonnadan oşadi. Bu Rossiya neftni qayta işlaş umumiy quvvatining qariyb çorak qismiga teng.

Şuningdek, mazkur hajm mamlakatda işlab çiqariladigan benzinning 30 foizdan ortiği va dizel yoqilğisining taxminan 25 foizini taşkil etadi.

Rossiya Energetika vazirligi Reuters söroviga rasmiy izoh bermagan.