Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaxovka GES bo‘yicha BMT Xavfsizlik kengashi: Rossiya va Ukraina bir-birini aybladi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Kaxovka GES to‘g‘onining buzilishini Ukraina fuqarolik infratuzilmasiga eng katta zarar yetkazgan voqea deb atadi.
6 iyun, seshanba kuni Kaxovka GES buzilganidan keyin Rossiya va Ukraina iltimosiga ko‘ra chaqirilgan BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Moskva va Kiyev avariya bo‘yicha yana bir-birini aybladi.
Ukrainaning BMTdagi doimiy vakili Sergey Kislitsa Rossiyani ayblab, voqeani “ommaviy ekologik halokat bombasi” va “keng ko‘lamli ekologik terrorchilik hujumi” deb atadi, bu so‘nggi o‘n yilliklarda Yevropadagi eng yirik texnogen falokatga aylandi. Kislitsaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning maqsadi imkon qadar ko‘proq odamni qamrab olish va atrof-muhitga katta zarar yetkazish edi.
Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya bunga javoban Ukraina to‘g‘on vayron bo‘lganiga mas’ul ekanini aytib, uni ataylab buzganlikda aybladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari bu ishni qo‘shinlarni qayta to‘plashdan chalg‘itish va GESga tutash hududlar aholisiga zarar yetkazish maqsadida qilgan.
BMT Bosh kotibining humanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Martin Griffitsning aytishicha, to‘g‘onning buzilishi “Ukrainada harbiy harakatlar boshlanganidan beri fuqarolik infratuzilmasiga zarar yetkazgan eng jiddiy voqea bo‘lishi mumkin”.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026