Jahon | 13:19 / 10.06.2023
8647
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Ukrainaga islohotlar va tiklanish uchun mablag‘ ajratdi

AQSh Davlat departamenti yordam Kiyevga kamchiliklarni aniqlash va islohotlarga ustuvor ahamiyat berishda ko‘mak ko‘rsatishini ma’lum qildi. Bu maqsadlar uchun Vashington 437 ming dollar ajratadi.

Foto: Getty Images

AQSh Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Ukrainadagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, tiklash va rekonstruksiya qilishga qaratilgan dasturini amalga oshirish uchun Kiyevga 437 ming dollar ajratdi, deb xabar qildi 9 iyun, juma kuni AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati.

«AQSh yordami bo‘shliqlarni aniqlash va mamlakatni qayta tiklash bo‘yicha kengroq sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan islohotlarga ustuvor ahamiyat qaratishda Ukraina iqtisodiy pozitsiyasini moliyalashtiradi», — deyiladi Davlat departamenti matbuot bayonotida.

AQSh tashqi siyosat idorasi Vashington Ukrainaga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatuvchilar va hukumat amaldorlariga maosh to‘lash, pensiyalar ajratish va kasalxonalarni saqlash uchun allaqachon 19,25 milliard dollar ajratganini eslatdi.

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg fevral oyida 2022 yilda g‘arb davlatlari Ukrainaga 120 milliard dollarlik harbiy, moliyaviy va humanitar yordam ko‘rsatganini ma’lum qilgan edi.

Mavzuga oid