Jahon | 09:08 / 13.06.2023
4529
2 daqiqa o‘qiladi

Finlandiya NATOga qo‘shilish jarayonini rasman yakunladi

Finlandiya NATOga harbiy integratsiya to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolanganini e’lon qildi.

Foto: AP

Finlandiya NATOga harbiy integratsiya to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolanganini e’lon qildi. Bu haqda Finlandiya mudofaa kuchlari ma’lumot berdi.

Deklaratsiyani imzolash marosimi Finlandiya prezidenti Sauli Niinistyo ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Qayd etilishicha, rasmiy bosqich yakuniga yetayotgan bo‘lsa-da, NATO bilan harbiy integratsiya jarayon yopilgandan keyin ham uzoq yillar davom etadi.

Avvalroq Finlandiya prezidenti Sauli Niinistyo mamlakat Shimoliy Atlantika alyansi tarkibiga kirib, o‘z tarixida yangi davrga qadam qo‘yganini ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror finlarning “tinchlikda yashash va o‘z vatandoshlarini qat’iy himoya qilish” istagi bilan bog‘liq.

Finlandiya prezidenti ta’kidlashicha, davlat Mudofaa vazirligi mamlakat mudofaasi bo‘yicha ishlashni davom ettiradi, shuningdek, Shimoliy Atlantika alyansi bilan o‘z sa’y-harakatlarini muvofiqlashtiradi. Uning qo‘shimcha qilishicha, NATOga qo‘shilish mamlakatga “kelajakka ishonch bilan qarash” imkonini beradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid