Jahon | 15:02 / 13.06.2023
9574
1 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko salomatligi haqidagi gap-so‘zlarga izoh berdi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko salomatligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi. Uning so‘zlari Belarusning «BelTA» agentligi tomonidan keltirilgan.

Foto: RIA Novosti

Minsk viloyatiga amaliy safari chog‘ida Lukashenko o‘z sog‘lig‘i haqida yozilgan ma’lumotlarning hammasi «dahshatli yolg‘on» ekanini aytdi.

«Shunchaki, bularning barchasini oyoqda o‘tkazishimga to‘g‘ri keldi. Oyoqda kasallikni o‘tkazmaslik kerak... Bularning hammasi yolg‘on. Men bemalol yurdim, yugurdim, sakradim, hatto hokkey o‘ynadim. Ammo men oyoqda kasallikni o‘tkazmaslik yaxshiroq ekanligini tushundim, chunki tiklanish uzoq vaqt talab etadi», dedi Lukashenko.

Avvalroq Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskaya aholini siyosiy o‘zgarishlarga va Belarusdagi har qanday ssenariyga tayyor bo‘lishga chaqirgan edi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Lukashenkoning sog‘lig‘i haqida ko‘plab mish-mishlar yuribdi, shuning uchun «Belarusni demokratik yo‘lga solib, Rossiya aralashuvining oldini olish» zarur.

Mavzuga oid