Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondan Xitoyga yuk tashish masofasi 1,2 ming km.ga, muddati esa 10 kungacha qisqaradi
Shavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturidan o‘rin olgan rejalarini e’lon qildi.
Shavkat Mirziyoyev andijonlik saylovchilar bilan uchrashuvda strategik ahamiyatga ega bo‘lgan «O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy» xalqaro temiryo‘li mega loyihasiga ham to‘xtaldi.
«Hozirgi kunda, loyihaning iqtisodiy asoslari tayyorlandi, yil yakunigacha hamkor davlatlar bilan birga qurilish bo‘yicha amaliy qadamlarni qo‘yamiz. Bu loyiha andijonlik tadbirkorlarning ham uzog‘ini yaqin qilib, Xitoy bilan yuk tashish masofasini 1,2 ming kilometrga, muddatini esa, 10 kungacha qisqartirish imkonini beradi», dedi u.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev avtomobilsozlik sanoati yo‘nalishiga ham to‘xtaldi.
«Bir raqamga e’tibor qiling: Asaka tumanidagi sanoat ishlab chiqarish hajmi respublikaning 9 ta viloyati sanoatidan yuqori. Biz avtomobilsozlik sanoatini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha 1 milliard dollar investitsiya kiritamiz. Bu orqali kelgusi ikki yilda avtomobil ishlab chiqarishni hozirgi 300 ming donadan 500 ming donaga olib chiqamiz. 2030 yilga qadar esa yiliga 1 million dona avtomobil ishlab chiqarishga erishamiz», dedi.
Nomzodning ta’lim yo‘nalishidagi rejalariga ko‘ra, kelgusi yillarda:
- bog‘cha yetarli bo‘lmagan 131 ta mahallada 1,5 mingta davlat va xususiy bog‘chalar barpo etiladi, 210 ta bog‘chaning quvvatlari oshiriladi. Natijada, qo‘shimcha 90 ming bolajonlarimiz uchun maktabgacha ta’lim imkoniyatini yaratib, qamrov 100 foizga yetkaziladi;
- maktab mavjud bo‘lmagan 25 ta mahallada jami 20 ming o‘rinli yangi maktablar barpo etiladi. Shuningdek, 150 ta maktabda qo‘shimcha o‘quv binolari qurish hisobiga, 80 ming o‘quvchi o‘rni yaratiladi;
- Andijon davlat universitetida 2 ming o‘rinli, Andijon chet tillari institutida 1 ming o‘rinli, Andijon tibbiyot institutida 1 ming o‘rinli yangi o‘quv binolari barpo etiladi;
- viloyat yoshlari uchun 6 ta yangi oliygoh tashkil etilib, ularda 30 dan ortiq yangi yo‘nalishlar ochiladi. Bular hisobidan, oliy ta’limda qamrov hozirgi 30 foizdan 50 foizga yetkaziladi.
Mavzuga oid
19:17 / 26.08.2025
Iordaniya podshohining O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi
14:58 / 26.08.2025
O‘zbekiston va Iordaniya hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga kelishib oldi
17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
15:59 / 25.12.2024