O‘zbekiston | 17:13 / 14.06.2023
9458
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda chetga chiqishga qo‘yilgan taqiqni yechish evaziga fuqarodan 1 200 dollar olgan MIB xodimlari ushlandi

Ikkita tuman MIB bo‘limi xodimi fuqarodan chetga chiqishga qo‘yilgan taqiqni yechish uchun olgan pullarini qaytarayotganida ushlangan.

Ko‘kdala va Shahrisabz tuman MIB bo‘limlari xodimlari chetga chiqishga qo‘yilgan taqiqni yechish evaziga fuqarodan 1200 dollar olgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2023 yil 3 iyun kuni Shahrisabz shahar prokuraturasi, MIB Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda, MIB Ko‘kdala tumani bo‘limi davlat ijrochisi A.D. va u bilan birga bo‘lgan Shahrisabz tumani bo‘limi davlat ijrochisi J.M. Shahrisabz shahri, “Bog‘ibahor” MFYda yashovchi fuqaro U.R.ga avvalroq unga nisbatan o‘rnatilgan taqiqini yechib berish evaziga olgan 1 200 dollarni qaytarib berayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, hozirda, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid