Jahon | 11:58 / 15.06.2023
8929
2 daqiqa o‘qiladi

Avstraliya parlament yaqinida Rossiya elchixonasi qurilishini taqiqladi

Foto: AAP/IMAGO

Avstraliya hukumati milliy xavfsizlikka tahdid tufayli parlament binosi yaqinida yangi Rossiya elchixonasi qurilishiga to‘sqinlik qildi. Qonun parlamentning har ikki palatasi tomonidan qabul qilingan va general-gubernator tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Avstraliya Kanberradagi parlament binosi yaqinida Rossiyaning yangi elchixonasi qurilishini to‘xtatdi. Qonun 15 iyun, payshanba kuni parlamentning har ikki palatasi tomonidan bosh vazir Entoni Albaniz tomonidan ommaga e’lon qilinganidan keyin uch soat ichida qabul qilindi.

Albaniz bu harakatning sababi sifatida milliy xavfsizlik masalasini ko‘rsatdi. Unga ko‘ra, yangi qonun xavfsizlik idoralari tavsiyalari asosida Rossiya tomonidan yer uchastkasini ijaraga olishni bekor qiladi. «Biz ijaraga olingan obekt rasmiy diplomatik vakolatxonaga aylanmasligi uchun tezkor harakat qilmoqdamiz», dedi hukumat rahbari jurnalistlarga.

Uning ta’kidlashicha, gap Avstraliyada Rossiya diplomatik missiyasi paydo bo‘lishining oldini olish haqida ketayotgani yo‘q - uning so‘zlariga ko‘ra, elchixona binosini parlamentga yaqin joyda joylashtirish shart emas. Entoni Albaniz Rossiya obektining ro‘parasida joylashgan Xitoy elchixonasi bilan bog‘liq xavf bormi degan savolga to‘g‘ridan to‘g‘ri javob bermadi, deb yozadi AP.

Qabul qilingan qonun general-gubernator Devid Xerli tomonidan ma’qullangan kundan boshlab kuchga kirishi kutilmoqda. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid