Namangan maktablarida 30 nafardan ortiq bola o‘qiydigan sinflar umuman bo‘lmaydi - Shavkat Mirziyoyev
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev namanganlik saylovchilar bilan uchrashuvda ta’limga oid rejalar haqida to‘xtaldi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qilmoqda.
“2030 yilga qadar Namanganning birorta mahallasida bog‘cha muammosi qolmaydi. Buning uchun, 235 ta yangi bog‘cha quriladi va ta’mirlanadi, 1 mingdan ziyod xususiy bog‘cha tashkil qilinadi. Biz kelgusi yetti yilda qo‘shimcha 100 ming yangi o‘quvchi o‘rni yaratamiz. Bunda, 28 ta yangi maktab va 232 ta maktab uchun qo‘shimcha bino quriladi, 268 tasi ta’mirlanadi.
Natijada, Namangandagi maktablarda 30 nafardan ortiq bola o‘qiydigan sinflar umuman bo‘lmaydi. Viloyatdagi 11 ta maktab xalqaro standartlar asosida ixtisoslashgan maktabga aylantiriladi”, dedi nomzod.
Shuningdek, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj 34 ming oila o‘z boshpanasiga ega bo‘ladi. Buning uchun 1 ming 208 ta ko‘p qavatli uy quriladi.
Bundan tashqari, Davlatobod tumanida 50 ming xonadonga ega 721 ta ko‘p qavatli turar joy majmuasi barpo etiladi.
“3 ming 700 kilometr suv tarmoqlari va 371 ta suv inshooti barpo etiladi va ta’mirlanadi. Bu orqali 123 ta mahallaga ilk bor ichimlik suvi olib kelinadi. Natijada 2030 yilga borib viloyat aholisining toza ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 90 foizga yetkaziladi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
18:52 / 23.11.2024
Prezident Toshkentda «Xushnud» mahallasi aholisi bilan uchrashdi
16:37 / 23.11.2024
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor - iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
15:15 / 23.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Yangihayotda barpo etilayotgan “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasida bo‘ldi
13:42 / 23.11.2024